Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga 2026-yilning 10 oyida jami 2 025 ta murojaat kelib tuşgan. Ularning eng katta qismi eksport va savdo, import hamda xalqaro iqtisodiy hamkorlik bilan boğliq bölgan.
Murojaatlarning 431 tasi eksport va savdo, 254 tasi import, 159 tasi xalqaro iqtisodiy hamkorlik, 109 tasi hududiy investitsiyalar va erkin iqtisodiy zonalar, 102 tasi esa tarif va notarif tartibga soliş masalalariga taalluqli.
Şuningdek, murojaatlarning 664 tasi Toşkent şahri, 181 tasi Farğona, 168 tasi Toşkent viloyati va 94 tasi Namangan viloyatidan kelib tuşgan. 426 ta murojaat xorijiy fuqarolar hissasiga töğri kelgan.
Vazirlik maʼlumotiga köra, murojaatlarning 1 574 tasi ijobiy hal etilgan, 402 tasi böyiça huquqiy maslahat va tuşuntirişlar berilgan. Rad etilgan murojaatlar mavjud emasligi aytildi.
Biroq raqamlarga eʼtibor qaratilsa, 2 025 ta murojaatdan 1 976 tasining natijasi körsatilgan. Qolgan 49 ta murojaat qanday yakunlangani esa brifingda aniqlaştirilmadi.
Bu haqda Kontent tayyorlaş markazida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Işlarni boşqariş va murojaatlar bilan işlaş boşqarmasi Devonxona va murojaatlar bilan işlaş bölimi boşliği Sevara Mamadaliyeva iştirokidagi brifingda maʼlum qilindi.




