Özbekistonda dori vositalarini retseptsiz sotiş toifasiga kiritiş mezonlari qatʼiylaştirildi. Yangi tartib 12-noyabr kuni Adliya vazirligida davlat röyxatidan ötkazildi.
Endilikda dorining xavfsizligi, nojöya taʼsirlari, notöğri qöllaniş, dozani oşirib yuboriş, suiisteʼmol qiliş va qaramlik keltirib çiqariş xavfi ham baholanadi. Şuningdek, qöllaş yöriqnomasining isteʼmolçi uçun tuşunarliligi hisobga olinadi.
Ikki yoki undan ortiq faol moddadan iborat dorilar ham belgilangan mezonlar asosida retseptsiz beriladigan toifaga kiritilişi mumkin.
Yana bir özgarişga köra, arizasi rad etilgan şaxs kamçiliklarni bartaraf etgan yoki yangi maʼlumotlarga ega bölgan taqdirda, uç yilni kutmasdan qayta murojaat qilişi mumkin. Vakolatli organ esa yangi maʼlumotlar va farmakonazorat natijalari asosida dorining toifasini qayta körib çiqiş huquqiga ega.




