Özbekistonda iş beruvçilar mehnat jamoasida şahvoniy şilqimlikdan xoli muhitni taʼminlaşi şart. Bu talab Mehnat kodeksiga kiritilgan yangi özgartirişlar bilan belgilandi.
13-noyabr kuni Prezident tomonidan imzolangan qonunga köra, şaxsning xohiş-irodasiga zid ravişda, uning şaʼni va qadr-qimmatini kamsituvçi şahvoniy xususiyatdagi harakatlar şilqimlik deb baholanadi.
Bunday harakatlarga xodimning taşqi körinişi yoki qomatini muhokama qiliş, turli işoralar qiliş, teginiş va şahvoniy mazmundagi murojaatlar kiradi.
Qonunçilik palatasi hujjatni 7-iyul kuni qabul qilgan, Senat esa 2-oktyabrda maʼqullagan. Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuçga kirgan.




