Özbekiston

Toşkentda renovatsiyaga tuşgan mulk egalariga Yangi Toşkentdan kompensatsiya berilişi mumkin

Akmal Eshonxonov38 ko'rishlar
Toşkentda renovatsiyaga tuşgan mulk egalariga Yangi Toşkentdan kompensatsiya berilişi mumkin

Toşkent şahrida «Toşkent invest kompaniyasi» AJ iştirokida renovatsiya loyihalari amalga oşirilayotgan hududlardagi köçmas mulk egalariga Yangi Toşkentda qurilayotgan uylardan xonadon şaklida kompensatsiya berişga ruxsat etildi. Bunda kompensatsiya miqdori mulkning baholangan qiymatidan 1,5 baravargaça bölişi mumkin.

Bu tartib Prezidentning 2026-yil 10-noyabrdagi «Yangi Toşkent şahri va hududlarda yuqori multiplikativ samaraga ega yirik şaharsozlik loyihalarini qöllab-quvvatlaş çora-tadbirlari töğrisida»gi PF-243-son farmonida belgilangan.

Hujjatga köra, kompensatsiya Toşkent şahrida renovatsiya loyihalari amalga oşirilayotgan hududlardagi jismoniy va yuridik şaxslarga tegişli köçmas mulk obyektlari uçun nazarda tutilgan. Yaʼni mulkdorlarga Yangi Toşkent hududida qurilgan uylardan xonadonlar taklif qilinişi mumkin.

Masalan, agar mulkning baholangan qiymati 1 milliard sömni taşkil etsa, kompensatsiya miqdori 1,5 milliard sömgaça yetişi mumkin. Bu mablağ xonadon şaklida qoplanişi nazarda tutilgan.

Şu örinda muhim jihat: farmonda kompensatsiya uyning avvalgi maydonidan 1,5 baravar katta bölişi şartligi belgilanmagan. Yaʼni 50 kvadrat metrlik xonadon evaziga albatta 75 kvadrat metrli uy beriladi, degan xulosa qiliş mumkin emas. Asosiy mezon — köçmas mulkning baholangan qiymati.

Yangi tartib barça Toşkent aholisiga emas, balki «Toşkent invest kompaniyasi» AJ iştirokida renovatsiya loyihalari amalga oşirilayotgan hududlardagi mulk egalariga taalluqli.

Farmon 2026-yil 11-noyabrdan kuçga kirgan.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Toşkentda renovatsiyaga tuşgan mulk egalariga Yangi Toşkentdan kompensatsiya berilişi mumkin | Effect.uz