2026-yilning 1-yanvaridan 1-oktyabriga qadar Özbekistonda kiberfiribgarlik oqibatida fuqarolarga 278,3 milliard söm moddiy zarar yetkazilgan. Bu haqda Markaziy bank IIVning «Cardblock» platformasida röyxatga olingan holatlar tahlili asosida maʼlum qildi.
Qayd etilişiça, tezkor çoralar natijasida 113,1 milliard söm mablağ bloklangan.
Firibgarlikning eng köp tarqalgan turlaridan biri zararli dasturlarni mobil qurilmalarga örnatiş bölgan. Bu orqali 18 830 ta holat qayd etilib, fuqarolarga 79,3 milliard söm zarar yetkazilgan.
Şuningdek, firibgarlar qönğiroği taʼsirida amalga oşirilgan 611 ta holatda 27,7 milliard söm, Telegram akkauntlarini egallab oliş bilan boğliq 2 808 ta holatda esa 21,9 milliard söm zarar körilgan.
Soxta treyding takliflari orqali 1 044 ta holatda 15,1 milliard söm, pulni köpaytiriş vaʼdasidagi moliyaviy piramidalar orqali 1 086 ta holatda 14 milliard söm özlaştirilgan. Onlayn xarid uçun oldindan tölov bilan boğliq 3 571 ta murojaatda zarar 10,5 milliard sömni taşkil etgan.
Bundan taşqari, fuqarolar nomiga onlayn kredit rasmiylaştiriş böyiça 130 ta holatda 10,6 milliard söm, öyinlar uçun tölov bilan boğliq 272 ta holatda esa 900 million söm zarar qayd etilgan. Firibgarlik turi körsatilmagan 11 475 ta murojaat böyiça zarar miqdori 98,1 milliard sömga yetgan.
Markaziy bank yana bir holatga eʼtibor qaratdi. Ayrim fuqarolar bank hisobidan pul yeçilganini körib, buni firibgarlik deb baholab, içki işlar organlariga murojaat qilgan. Biroq tekşiruvlarda mablağlar kredit qarzdorligi böyiça avtomatik undiruv — «avtoundiruv» orqali yeçilgani aniqlangan.
Bunday murojaatlar 2 737 tani taşkil etib, ular bilan boğliq mablağ 7,6 milliard söm bölgan.
Hozirda firibgarlik holatlari böyiça içki işlar organlari tomonidan tergov-suriştiruv işlari olib borilmoqda.




