Qorong‘i rejim
Özbekiston

Özbekistonda mahkumlarga ham OTMda öqiş imkoniyati yaratiladi

Akmal Eshonxonov18 ko'rishlar
Özbekistonda mahkumlarga ham OTMda öqiş imkoniyati yaratiladi

2027/2028-öquv yilidan boşlab jazoni ijro etiş muassasalaridagi mahkumlar oliy taʼlim taşkilotlariga kirib, masofaviy şaklda tölov-kontrakt asosida öqişi mumkin böladi. Bu Prezidentning 16-noyabrdagi qarorida belgilangan.

Qarorga köra, mahkumlarni ozodlikka tayyorlaş va ijtimoiylaştiriş maqsadida 2027/2028-öquv yiliga qadar jazoni ijro etiş muassasalarida 310 ta öquv va 420 ta amaliy maşğulotlar xonasi taşkil etiladi.

Şuningdek, 2030-yilgaça mehnat bozorida talab yuqori bölgan kamida 50 ta kasb böyiça öquv dasturlari joriy etiladi. Har yili 15–20 ming nafar mahkumni kasbga öqitiş rejalaştirilgan. Bu orqali takroriy jinoyatçilik darajasini 30 foizga qisqartiriş maqsad qilingan.

Oliy taʼlimga qabul qilingan mahkumlar masofaviy öqişi uçun koloniyalarda videokonferensaloqa vositalari bilan jihozlangan maxsus xonalar ajratiladi.

Hujjatda mahkumlar örtasida «Yoş kitobxon» tanlovini masofaviy şaklda taşkil etiş, koloniyalar kutubxonalarida «Mutolaa» platformasidan foydalaniş imkoniyatini yaratiş ham belgilangan.

Bundan taşqari, yoş mahkumlar orasidan saylov yöli bilan yoşlar faollari tanlanadi. Ular har çorakda bazaviy hisoblaş miqdorining uç baravari miqdorida rağbatlantiriladi.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Özbekistonda mahkumlarga ham OTMda öqiş imkoniyati yaratiladi | Effect.uz