Toşkent şahrining Yaşnobod tumanida mahalla raisi tadbirkorga faoliyat yuritişi uçun bino ajratib beriş va ijara şartnomasini rasmiylaştirişni vaʼda qilib, 900 AQŞ dollari talab qilganlikda gumonlanmoqda. U pulni olayotgan vaqtida qölga olingan.
Içki işlar vazirligi maʼlumotiga köra, 1988-yilda tuğilgan mahalla raisi tadbirkorga tuman hududidagi binodan joy ajratib berişni vaʼda qilgan.
Holat yuzasidan IIV Tezkor qidiruv departamentining korrupsiya va jinoyatçilikka qarşi kuraşiş boşqarmasi, Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti Uçtepa tuman bölimi xodimlari hamkorlikda tezkor tadbir ötkazgan.
Natijada mahalla raisi 900 dollarni olayotgan vaqtida uşlangan.
Mazkur holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «g» bandi (firibgarlik) bilan jinoyat işi qözğatilgan.




