Prezidentning 2026-yil 16-noyabrdagi farmoni bilan mahalliy Kengaşlar faoliyatini takomillaştiriş va ularning vakolatlarini kuçaytirişga qaratilgan qöşimça çora-tadbirlar belgilandi.
Farmonga köra, mahalliy Kengaşlarda eşitiladigan hisobotlar va ularni taqdim etiş muddatlari tartibga solinadi. Mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari rahbarlari öz hisobot va axborotlarini belgilangan muddatda Kengaşga şaxsan taqdim etişi şart böladi.
Şuningdek, har çorakda kamida bir marta Kengaş sessiyasida kun tartibidagi birinçi masala sifatida saylov okruglaridagi muammolar muhokama qilinadi. Uşbu muhokamalar, qoida tariqasida, hokim va uning örinbosarlari iştirokida, aholi ehtiyojlaridan kelib çiqib ötkaziladi.
Farmonda mahalliy byudjet mablağlarini taqsimlaşda deputatlar taşabbusini kengaytiriş ham nazarda tutilgan. Jumladan, 2028-yil uçun mahalliy byudjet loyihasini şakllantirişda byudjet xarajatlarining 3 foizdan 5 foizgaça bölgan qismi hudud toifasidan kelib çiqib, deputatlar taşabbusi asosida yönaltiriladi.
Deputatlarning byudjet taşabbuslari kelgusi yil uçun byudjet sörovini şakllantiriş muddatidan kamida bir oy oldin tayyorlanişi belgilangan.




