Toşkent tumanida «Dolzarb 40 kunlik» doirasida «Yaşil makon» umummilliy loyihasining kuzgi mavsumiga start berildi. Tuman hududlarini kökalamzorlaştiriş va yaşil maydonlarni kengaytiriş maqsadida 700 ming tup köçat ekiş rejalaştirilgan.
Kuzgi köçat ekiş mavsumiga bağişlangan tadbir Boğizilol mahallasidan boşlandi. Unda tuman hokimi Sardorbek Ergaşev, taşkilotlar rahbarlari, nuroniylar, yoşlar, jamoatçilik va hokimlik masʼullari, faollar hamda haşarçilar iştirok etdi.

Tadbirda tuman hokimi loyihaning asosiy maqsadi faqat belgilangan miqdorda köçat ekiş emas, balki ularni parvarişlaş va aholida yaşil hududlarga nisbatan masʼuliyatni kuçaytiriş ekanini taʼkidladi.

«Zarur bölsa, bundan ham köproq daraxt ekib, har bir köçatni parvarişlaş, eng muhimi, aholimiz qalbida yaşil hududlarga nisbatan mehr va masʼuliyat tuyğusini şakllantirişdir», — dedi Sardorbek Ergaşev.

Köçat ekiş işlariga tuman prokuraturasi va içki işlar xodimlari, hokim örinbosarlari, hokimlik apparati vakillari, taʼlim, sanitariya-epidemiologiya, suv, gaz va elektr taʼminoti korxonalari rahbarlari hamda xodimlari jalb etildi. Tadbirda 500 dan ortiq taşkilot va korxona rahbarlari hamda xodimlari iştirok etgan.

«Yaşil makon» taşabbusining Boğizilol mahallasidan boşlangani ham hududni yanada obod va kökalamzor maskanga aylantiriş maqsadi bilan izohlangan.

Taşkilotçilarning taʼkidlaşiça, kuzgi mavsum davomida ekiladigan köçatlarni asraş va parvarişlaşga ham alohida eʼtibor qaratiladi.




