«Özbekneftgaz» AJ boşqaruv raisi Abduğani Sanginov boşçiligidagi işçi guruh Muborak neft va gaz qazib çiqariş boşqarmasida işlab çiqariş jarayonlari, qiş mavsumiga tayyorgarlik hamda 2027-yil rejalarini muhokama qilmoqda.

Yiğilişda qiş mavsumida isteʼmolçilarni tabiiy gaz bilan barqaror taʼminlaş uçun mavjud imkoniyatlardan samarali foydalaniş va gaz qazib çiqariş hajmini bir maromda saqlaş masalalariga eʼtibor qaratilgan.

Kompaniya rahbariyati gazga talab ortib borayotgan şaroitda har bir quduq imkoniyatidan samarali foydalaniş, geologik-texnik tadbirlarni sifatli bajariş va işlab çiqarişdagi ehtimoliy uzilişlarning oldini oliş zarurligini taʼkidlagan.

Yil oxiriga qadar quduqlar samaradorligini oşiriş, geologik-texnik tadbirlarni jadallaştiriş va gaz qazib çiqariş barqarorligini taʼminlaş böyiça vazifalar belgilangan.

Qiş mavsumiga tayyorgarlik doirasida işlab çiqariş obyektlaridagi buğ va suv isitiş qozonlarini taʼmirlaş, elektr taʼminoti işonçliligini oşiriş hamda mavjud uskunalarning uzluksiz işlaşini taʼminlaş böyiça topşiriqlar berilgan.

Şuningdek, işçilar şaharçasidagi şaroitlarni yaxşilaş, örganişlarda aniqlangan kamçiliklarni tezkor bartaraf etiş, moliyaviy intizomni mustahkamlaş va quriliş obyektlari bilan boğliq işlarni belgilangan tartibda taşkil etiş vazifalari qöyilgan.

Yiğilişda 2027-yil uçun işlab çiqariş dasturi, gaz qazib çiqariş prognozlari, geologik-texnik tadbirlar rejasi, xaridlar dasturi hamda zarur moddiy-texnika resurslari zaxirasini şakllantiriş masalalari ham körib çiqilmoqda.

Bundan taşqari, mahsulot tannarxini pasaytiriş, işlab çiqariş xarajatlarini maqbullaştiriş va rahbar hamda xodimlar faoliyati samaradorligini baholaş körsatkiçlarini aniq belgilaşga urğu berilgan.

Abduğani Sanginov barça vazifalarni qoğozda emas, amalda bajariş, har bir topşiriq ijrosi va natijasi uçun masʼuliyatni oşiriş zarurligini taʼkidlagan.




