Siyosat

«Yaxşi ham blogerlar bor. Biz tezroq işlaymiz» — Samarqandda yomğirdan keyingi manzara

Akmal Eshonxonov15 ko'rishlar
«Yaxşi ham blogerlar bor. Biz tezroq işlaymiz» — Samarqandda yomğirdan keyingi manzara

Sönggi kunlarda yoqqan kuçli yomğir Samarqand şahri infratuzilmasini yana bir bor sinovdan ötkazdi. Ayrim köçalarni suv bosdi, yaqinda qurilgan trotuarlar esa çökib ketdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolar orqali muammo keng jamoatçilikka körindi. Köp ötmay, Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev ham holatga munosabat bildirdi.

Hokim muammoni körsatib bergan ijtimoiy tarmoq faollariga minnatdorlik bildirib, kamçiliklarni tezkor bartaraf etiş böyiça topşiriq bergan.

«Yaxşiyam şu blogerlar bor. Bloger aytdi, bizlar tezroq işlaymiz. Darrov keldik», — dedi viloyat hokimi.

Hokimning aytişiça, muammoning sabablaridan biri suv ötkaziş tizimining quvvati bilan boğliq. Uning taʼkidlaşiça, mavjud tarmoq 70–80 yillik bölib, bugungi yuklamani kötara olmayapti.

Hokim yangi tarmoq örnatişda ham şoşma-şoşarlikka yöl qöymaslik kerakligini taʼkidladi. Xususan, yangi tarmoq quvvati avvalgisidan bir neça barobar katta bölişi, loyihadagi belgilar va ölçovlar esa töğri olinişi zarurligini aytdi.

«Oldin proyektniy institut otmetkani töğri olişi kerak. Otmetka xato ketib qolmasligi kerak. Hali oldinda qiş bor, bahor bor, qança yomğir yoğadi», — dedi u.

Hokimning sözlariga köra, hozir ikki asosiy masalaga eʼtibor qaratilmoqda: mavjud muammoni tezkor bartaraf etiş va keyinçalik yana takrorlanmasligi uçun işni sifatli bajariş.

U şuningdek, yomğir davom etayotgan paytda taʼmirlaş işlarini şoşilib bajariş ham sifatga taʼsir qilişi mumkinligini aytdi.

«Hozir yomğir paytida qilsangizlar, sifatsiz bölib qoladi. Hozir odamlarning ötişi uçun imkoniyat qilib beringlar», — dedi viloyat hokimi.

Adiz Boboyev blogerlarning tanqidiy materiallari orqali şahardagi ayrim muammolardan xabardor bölayotganini ham taʼkidladi.

Uning aytişiça, ijtimoiy tarmoqlardagi faollikni faqat tanqid sifatida emas, muammolarni tezroq aniqlaş imkoniyati sifatida ham qabul qiliş kerak.

«Köpinça şu blogerlarimizning kommentariyalarini öqib, ijtimoiy tarmoqda öqib, köp narsani örganyapman. Bu — yaxşi narsa», — dedi hokim.

Uning fikriça, iş jarayonida ayrim kamçiliklar bölişi tabiiy, ammo muhimi — ularni öz vaqtida köriş va bartaraf etiş.

Eʼtiborli jihati, muammoning özi ham ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolar orqali keng jamoatçilikka maʼlum bölgan. Hokim esa bu holatni tanqiddan qoçiş emas, aksinça, muammoni tezroq köriş va unga yeçim izlaş imkoniyati sifatida baholamoqda.

Endi asosiy masala — berilgan vaʼdalar amalda qanday bajarilişida.

Çunki yangi qurilgan trotuarning kuçli yomğirdan keyin çökişi faqat tezkor taʼmirlaşni emas, loyihalaş, quriliş sifati va qabul jarayoniga ham jiddiyroq qaraş kerakligini körsatmoqda.

Samarqanddagi bu holatda blogerlar muammoni körsatdi, hokimlik esa uni bartaraf etişga kirişganini bildirdi. Endi jamoatçilik uçun eng qiziq savol — keyingi kuçli yomğirda bu joy yana suv ostida qoladimi yoki muammo haqiqatan ham hal qilinadimi?

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

«Yaxşi ham blogerlar bor. Biz tezroq işlaymiz» — Samarqandda yomğirdan keyingi manzara | Effect.uz