Prezident Mixail Kavelaşvili bilan uçraşuvda Özbekiston – Gruziya strategik şeriklik munosabatlarini yanada kengaytirişning dolzarb masalalari körib çiqildi.
Turkiyaga amaliy taşrif doirasida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Gruziya Prezidenti Mixail Kavelaşvili bilan uçraşuv ötkazdi.
Özbekiston – Gruziya strategik şeriklik munosabatlarini yanada kengaytirişning dolzarb masalalari körib çiqildi.
Joriy yilning 2-3-iyul kunlari Özbekiston Respublikasi Prezidentining Gruziyaga davlat taşrifi yakunlari böyiça erişilgan kelişuvlarni amalga oşirişga alohida eʼtibor qaratildi.
Ikki mamlakat parlamentlari, vazirliklari, idoralari va işbilarmon doiralari örtasidagi aloqalar faollaşgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Özaro tovar ayirboşlaş hajmi va qöşma korxonalar soni izçil ortib bormoqda. Mamlakatimizda gruziyalik investorlar iştirokida taşkil etilgan raqamli bank faoliyat yuritmoqda.
Tovar ayirboşlaş hajmini köpaytiriş, sanoat kooperatsiyasini ilgari suriş, turizmni rivojlantiriş, transport-tranzit salohiyatidan samarali foydalaniş hamda ikki mamlakat hududlarini iqtisodiy hamkorlikka keng jalb etiş böyiça muvofiqlaştirilgan çora-tadbirlarni qabul qiliş muhimligi taʼkidlandi.
Antaliya şahrida bölib ötayotgan BMTning Iqlim özgarişi böyiça konferensiyasining 31-sessiyasi doirasida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podşohligining energetika vaziri hamda sanoat va mineral resurslar vaziri şahzoda Abdulaziz bin Salmon Ol Saud boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uçraşuv avvalida vazir mamlakatimiz yetakçisiga Podşoh Salmon bin Abdulaziz Ol Saud va Valiahd, Boş vazir Muhammad bin Salmon Ol Saudning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Özbekiston va Saudiya Arabistoni köp qirrali hamkorligi hamda keng kölamli şerikligini yanada kengaytiriş masalalari muhokama qilindi.
Muloqot çoğida sönggi yillarda aloqalar jadal rivojlanib, yirik loyihalar portfeli şakllangani, şundan asosiy qismi “yaşil” energetika tarmoğiga töğri kelayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Uçraşuvda neft-gaz, neft-kimyo, toğ-kon sanoati va boşqa ustuvor yönalişlarda hamkorlikni yangi bosqiçga kötariş, aniq amaliy takliflarni işlab çiqişga alohida eʼtibor qaratildi.
Antaliya şahrida bölib ötayotgan COP31 sammiti doirasida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso bilan uçraşuv ötkazdi.
Muloqot çoğida uşbu yetakçi moliyaviy institut bilan strategik şeriklikni yanada kengaytirişning amaliy jihatlari körib çiqildi.
Özbekiston olti yildan buyon YETTBning mintaqadagi eng yirik moliyaviy hamkori bölib kelmoqda. Loyihalar portfeli 7 milliard dollardan, 2025-yilda amaliyotlar hajmi ilk bor 1 milliard dollardan oşdi.
Bankning “yaşil iqtisodiyot”ni rivojlantirişga qöşayotgan hissasi yuqori baholandi. Uning mamlakatimizga kiritgan sarmoyalarining qariyb 60 foizi uşbu yönalişdagi loyihalar hissasiga töğri keladi.
Kelgusi yil uçun hamkorlikning elektr infratuzilmasini modernizatsiya qiliş, qişloq xöjaligi va oziq-ovqat tarmoqlarini rivojlantiriş, bank sohasida xususiylaştirişni amalga oşiriş, Toşkent xalqaro moliya markazini işga tuşiriş hamda davlat-xususiy şeriklik loyihalarini ilgari suriş kabi ustuvor yönalişlari belgilab olindi.
2027-yilda Xorijlik investorlar kengaşining navbatdagi yiğilişini ötkazişga tayyorgarlik köriş masalalari ham muhokama qilindi.




