Toşkentda Davlat aktivlarini boşqariş agentligining maʼmuriy binosi auksionda 251,6 mlrd sömga sotildi. 2026-yil 9-noyabr kuni «E-auksion» elektron platformasida ötkazilgan savdoda Miróbod tumanida joylaşgan mazkur obyekt «JARKURGAN BUILD GROUP» MÇJga sotilgan.
Obyektning auksiondagi boşlanğiç narxi 165,5 mlrd söm edi. Savdo yakunida uning qiymati 251,6 mlrd sömga yetgan. Yaʼni obyekt boşlanğiç narxidan 52 foizga qimmatga sotilgan.

Maʼlumot uçun, mazkur maʼmuriy bino 2025-yil avgust oyida ham 165,5 mlrd söm boşlanğiç narx bilan oçiq auksionga çiqarilgan edi.
Davlat aktivlarini boşqariş agentligi maʼlum qilişiça, obyektni sotiş jarayoni vazirlik va idoralarni hamda ularga qaraşli taşkilotlarni Yangi Toşkentga köçiriş dasturi doirasida amalga oşirilmoqda.
Uşbu dastur doirasida poytaxtdagi 83 ta köçmas mulk obyektini realizatsiya qiliş közda tutilgan.
Agentlik maʼlumotiga köra, hozirga qadar Toşkent şahrida vazirlik va idoralarning 8 ta maʼmuriy binosi jami 1 trln 120,4 mlrd sömga sotilgan. Yana 11 ta obyekt umumiy 1 trln 20,5 mlrd söm boşlanğiç qiymat bilan savdoga qöyilgan.
Agentlik taʼkidlaşiça, böşatilayotgan maʼmuriy binolarni sotişdan tuşadigan mablağlar Yangi Toşkentda maʼmuriy infratuzilmani barpo etişga yönaltiriladi.




