Şavkat Mirziyoyev Özbekistonning Orolni qutqariş xalqaro jamğarmasiga 2027–2029-yillardagi raisligi davrida amalga oşiriladigan loyihalar bilan tanişdi.
Taqdimotda suv resurslari, ekologiya va ijtimoiy-iqtisodiy sohalarni qamrab olgan 133 ta loyiha işlab çiqilgani maʼlum qilindi. Ularning umumiy qiymati 3,3 milliard dollarni taşkil etadi.
Loyihalar doirasida suv xöjaligi inşootlarini modernizatsiya qiliş, suv resurslarini hisobga oliş va monitoring qilişning raqamli tizimlarini joriy etiş, toşqin va qurğoqçilikni prognozlaş, şuningdek, aholini içimlik suvi bilan taʼminlaşni yaxşilaş rejalaştirilgan.
Taşabbuslar Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki hamda boşqa xalqaro taşkilotlar kömagida moliyalaştiriladi.
Prezident loyihalarni öz vaqtida amalga oşiriş böyiça oylar kesimida «yöl xaritasi»ni tasdiqlaşni topşirdi. Şuningdek, xalqaro ekspertlar, olimlar va xorijdagi vatandoşlarni jarayonga jalb etiş zarurligi taʼkidlandi.
Özbekiston raisligi davrida jamğarmaning taşkiliy-huquqiy asoslarini takomillaştiriş, Afğoniston bilan hamkorlikni mustahkamlaş va mintaqada suv diplomatiyasini rivojlantirişga ham alohida eʼtibor qaratiladi.
Bundan taşqari, Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari instituti milliy tadqiqot universiteti jamğarma taşabbuslarini ilmiy-tahliliy qöllab-quvvatlaş platformasiga aylantiriladi. Amudaryo va Sirdaryo havzalari böyiça yagona maʼlumotlar bazasi yaratiş, suv xöjaligi sohasida mintaqaviy taʼlim dasturlarini yölga qöyiş ham rejalaştirilgan.




