Toşkentda Özbekiston Milliy axborot agentligi (ÖzA) va Rossiyaning «TASS» axborot agentligi hamkorligida III Özbekiston–Rossiya media forumi bölib ötdi. Unda davlat idoralari, mediaxoldinglar, IT-sektor va kreativ industriya vakillaridan 200 dan ziyod iştirokçi qatnaşdi.
Forumda Prezident matbuot kotibi Şerzod Asadov sözga çiqib, zamonaviy axborot makonidagi çaqiriqlar, Özbekiston media sohasidagi özgarişlar va ikki davlat örtasidagi hamkorlik istiqbollariga töxtaldi.
Uning taʼkidlaşiça, bugun axborot nafaqat yangilik yetkaziş vositasi, balki davlat taraqqiyoti va xalqaro maydondagi işonçga taʼsir körsatuvçi strategik omilga aylangan.
Asadov mamlakatda qariyb 2,7 mingta OAV faoliyat yuritayotgani, ularning 67 foizi xususiy sektor hissasiga töğri kelişini qayd etdi. Şuningdek, internet qamrovi 94 foizga yetgani, faol kontent isteʼmolçilari soni esa 32,7 milliondan oşganini maʼlum qildi.
U sunʼiy intellekt rivojlanişi ortidan feyk va dipfeyklar köpayib borayotganiga eʼtibor qaratib, dezinformatsiyaga qarşi kuraşiş umumiy vazifa ekanini taʼkidladi:
«Heç bir milliy media tizimi bunday çaqiriqqa qarşi yolğiz özi kuraşa olmaydi. [...] Söz ixtilof emas, balki özaro anglaşuv manbai bölişi lozim».
Şerzod Asadov Özbekiston va Rossiya media hamkorligining törtta ustuvor yönalişini ham sanab ötdi. Bular — jurnalistlar tajribasini almaşiş va kadrlar tayyorlaş, dezinformatsiyaga qarşi birgalikda kuraşiş, sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar böyiça hamkorlik, şuningdek, tahririyatlar, jurnalistlar va blogerlar örtasida töğridan-töğri aloqalarni rivojlantiriş.
«Yolğon haqiqatdan tezroq tarqalayotgan dunyoda faktlarni birgalikda himoya qiliş — axborot makonidagi umumiy suverenitetimiz masalasidir», — dedi Prezident matbuot kotibi.
U nutqini Alişer Navoiyning «Kimki döst topsa, xazina topibdi» degan hikmati bilan yakunladi.




