Qorong‘i rejim
Siyosat

Ammonda Şavkat Mirziyoyevning “Hozirgi zamon va Yangi Özbekiston” kitobi arab tilida taqdim etildi

Akmal Eshonxonov7 ko'rishlar
Ammonda Şavkat Mirziyoyevning “Hozirgi zamon va Yangi Özbekiston” kitobi arab tilida taqdim etildi

Iordaniya poytaxti Ammon şahrida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning “Hozirgi zamon va Yangi Özbekiston” nomli fundamental asarining arab tilidagi naşri taqdimoti bölib ötdi. Özbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan taşkil etilgan mazkur nufuzli anjumanda 1 500 nafardan ortiq mehmon — ikki mamlakatning davlat va jamoat arboblari, Iordaniya parlamenti (Majlis al-Umma) a’zolari, diniy ulamolar, yetakçi olimlar, ekspertlar hamda arab ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi.

Taqdimotda Özbekiston delegasiyasi tarkibida Prezident maslahatçisi, Özbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov, Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Şayx Nuriddin Xoliqnazar, Özbekistondagi Islom sivilizasiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov va Özbekistonning Iordaniyadagi elçisi Nodirjon Turğunov qatnaşdi. Iordaniya tomonidan Jahon islom ilmlari va ta’lim universiteti prezidenti Ja’far al-Mağribiy al-Fanatisa, Boş muftiy Ahmad al-Hasanot va boşqa yuqori martabali mehmonlar sözga çiqdi.

Olti bob va xotimadan iborat “Hozirgi zamon va Yangi Özbekiston” asarida «Davlat — inson uçun» va «Inson qadri uçun» tamoyillari asosida amalga oşirilayotgan tub islohotlar, mamlakatni modernizasiya qiliş hamda Uçinçi Renessans poydevorini barpo etişga qaratilgan strategik qaraşlar jamlangan. Kitobda xalqaro munosabatlarda qarama-qarşilik örniga muloqot, adovat örniga bağrikenglik va zöravonlik örniga tinçlikni ustuvor qöyiş ğoyalari keng yoritilgan. Bugunga qadar arab, ingliz, italyan, rus va urdu tillariga tarjima qilingan uşbu asar xorijiy jamoatçilikka Yangi Özbekistonning içki va taşqi siyosati bilan bevosita tanişiş imkonini bermoqda.

Tadbir doirasida «Yangi Özbekiston fenomeni» mazmun-mohiyatini oçib beruvçi, arab tiliga tarjima qilingan yana 9 ta kitob va kitob-albom taqdim etilib, Iordaniya kutubxonalariga sovğa qilindi. Ular orasida «Şavkat Mirziyoyev — jahon miqyosidagi davlat va siyosat arbobi», «Mustaqillik zafarnomasi», Pokiston Boş vaziri Muhammad Şahboz Şarif kiriş sözi bilan çop etilgan «Özbekiston: Uçinçi Renessans — taraqqiyot konsepti» hamda «Yangi Özbekiston: tinçlik, insonparvarlik va bağrikenglik diyori» kabi naşrlar alohida e’tirof etildi.

Şuningdek, Ammonda «Özbekiston: sivilizasiyalar, şaxsiyatlar, kaşfiyotlar» kitoblar körgazmasi, «Movarounnahr — asrlar oşa taralgan islom sivilizasiyasi ziyosi» xalqaro ilmiy konferensiyasi hamda Özbekistondagi Islom sivilizasiyasi markazining xalqaro taqdimoti ötkazildi. Markaz direktori Firdavs Abduxoliqov uşbu majmua Prezident Şavkat Mirziyoyevning 2017-yilda BMT Boş Assambleyasida ilgari surgan «jaholatga qarşi — ma’rifat» ğoyasi va mualliflik konsepsiyasi asosida bunyod etilganini ta’kidladi.

«Özbekiston — butun islom ummatining ma’naviy hayotida beqiyos örin tutgan, jahon ilm-fani rivojiga ulkan hissa qöşgan buyuk allomalar yetişib çiqqan muborak zamin. Bugun Yangi Özbekistonda islomning asl insonparvarlik mohiyatini, ma’rifat va bağrikenglik ğoyalarini tarğib etişga qaratilayotgan e’tibor qalbimda masrurlik uyğotadi», — dedi Iordaniya Boş muftiysi Ahmad al-Hasanot.

Al ul-Bayt universiteti vise-prezidenti, professor Hani Axurşida esa Özbekiston Prezidentining nizolar örniga hamkorlik, qörquv örniga bilimni tanlaş haqidagi ğoyalari butun insoniyat tafakkurini ezgu maqsadlar sari yönaltirişga xizmat qilişini qayd etdi.

Taqdimot yakunida iştirokçilarga Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tomonidan arab tilida tayyorlangan «Yangi Özbekiston fenomeni» haqidagi maxsus videofilm namoyiş etildi. Uşbu tadbirlar Özbekiston va Iordaniya örtasidagi madaniy diplomatiya hamda ilmiy-akademik hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqdi.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Ammonda Şavkat Mirziyoyevning “Hozirgi zamon va Yangi Özbekiston” kitobi arab tilida taqdim etildi | Effect.uz