Özbekiston va Rossiya mudofaa vazirlari harbiy hamkorlikning bugungi holati va uning istiqbollarini muhokama qildi. Uçraşuv yakunida ikki davlat örtasidagi hamkorlikni kengaytirişga qaratilgan qator hujjatlar imzolandi.
Rossiya Federatsiyasi mudofaa vaziri Andrey Belousov boşçiligidagi harbiy delegatsiya Özbekistonga rasmiy taşrif bilan keldi.

Taşrif doirasida Özbekiston mudofaa vaziri general-mayor Botir Qudratxöjayev Rossiyalik hamkasbi bilan Xiva şahrida uçraşdi.

Muzokaralarda ikki davlat örtasidagi harbiy hamkorlikning joriy holati, erişilgan natijalar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan fikr almaşildi. Tomonlar mudofaa sohasidagi özaro manfaatli munosabatlarni yangi yönalişlar bilan boyitiş va mavjud aloqalar samaradorligini oşiriş masalalarini ham muhokama qildi.
Uçraşuv yakunida harbiy hamkorlik kölamini kengaytiriş, özaro aloqalarni mustahkamlaş va istiqbolli taşabbuslarni amalga oşirişga qaratilgan qator hujjatlar imzolandi.

Rasmiy tadbirlardan söng Rossiya harbiy delegatsiyasi vakillari qadimiy Xivaning tarixiy va meʼmoriy obidalari bilan tanişdi.




