Prezident Şavkat Mirziyoyev 23–24-noyabr kunlari Iordaniya Podşohi Abdulla II ibn al-Husaynning taklifiga binoan uşbu mamlakatga davlat taşrifi bilan boradi.
Taşrif doirasida Ammon şahrida Özbekiston va Iordaniya örtasidagi oliy darajadagi muzokaralar ötkaziladi. Şuningdek, ikki davlat rasmiylari hamda işbilarmon doiralari iştirokida biznes forumi taşkil etiladi.
Muzokaralarda ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqiçga olib çiqiş, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytiriş masalalari muhokama qilinadi.
Xususan, töqimaçilik, toğ-kon va kimyo sanoati, qişloq xöjaligi, farmatsevtika sohalaridagi şeriklikni rivojlantiriş, şuningdek, madaniy-gumanitar aloqalar va sayyohlik almaşinuvlarini faollaştirişga eʼtibor qaratiladi.
Taşrif yakunlari böyiça ikki davlat örtasida qator hujjatlarni qabul qiliş rejalaştirilgan.




