Qorong‘i rejim
Özbekiston

Sinf yoki guruhda bolalarning 20 foizi kasallansa, karantin eʼlon qilinib, onlayn taʼlimga ötiladi

Akmal Eshonxonov20 ko'rishlar
Sinf yoki guruhda bolalarning 20 foizi kasallansa, karantin eʼlon qilinib, onlayn taʼlimga ötiladi

Özbekistonda maktab va maktabgaça taʼlim taşkilotlarida bir sinf yoki guruhdagi bolalarning 20 foizi yoki undan köproği yuqumli kasallikka çalinsa, öşa sinf yoki guruh karantinga yopiladi. Taʼlim jarayoni esa onlayn şaklda davom ettiriladi.

Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi ötkazgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi.

Qömita boşqarma boşliği Rustamjon Ikromovning tuşuntirişiça, mazkur tartib Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan tasdiqlangan tegişli buyruqlarda belgilangan. Taʼlim muassasasida yuqumli kasallik bilan kasallaniş holatlari aniqlanib, muayyan sinf yoki guruhda kasallangan bolalar uluşi 20 foizga yetsa yoki undan oşsa, şu jamoada karantin joriy etiladi va öquv jarayoni onlayn şaklga ötkaziladi.

Ayni paytda kuz-qiş mavsumida gripp va ötkir respirator virusli infeksiyalar tarqaliş xavfi ortişi sababli maktablar va boğçalarda bolalar hamda xodimlar salomatligini nazorat qiliş çoralari kuçaytiriladi.

Jumladan, kasallik belgilari kuzatilgan bolalar vaqtinça jamoadan ajratiladi. Taʼlim muassasalarida xonalarni muntazam şamollatiş, nam tozalaş va boşqa sanitariya-gigiyena tadbirlariga eʼtibor qaratiladi.

Qömita ota-onalardan farzandlarida yuqumli kasallik alomatlari kuzatilsa, ularni maktab yoki boğçaga yubormaslikni söradi. Bu nafaqat bolaning salomatligini asraş, balki kasallikning boşqa öquvçilar va tarbiyalanuvçilarga tarqalişining oldini oliş uçun ham muhim.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Sinf yoki guruhda bolalarning 20 foizi kasallansa, karantin eʼlon qilinib, onlayn taʼlimga ötiladi | Effect.uz