Özbekistonda aholining örtaça umr köriş davomiyligi sönggi 15 yilda 3,6 yilga uzaydi. 2010-yilda 72,8 yilni taşkil etgan mazkur körsatkiç 2025-yilga kelib 76,4 yilga yetgan.
Maʼlumotlarga köra, 2010–2025-yillar davomida örtaça umr köriş davomiyligi taxminan har tört yilda bir yilga oşgan. 2020-yilda qayd etilgan pasayişdan söng esa körsatkiç 2021–2025-yillarda izçil ösib borgan. Natijada 2025-yilda sönggi 15 yildagi eng yuqori daraja kuzatilgan.
Ayollar va erkaklar örtasida ham umr köriş davomiyligi oşgan. Xususan, ayollarda bu körsatkiç 2010-yildagi 74,7 yildan 2025-yilda 77,9 yilga yetgan. Erkaklarda esa 71 yildan 75 yilga kötarilgan.
Şunday qilib, 15 yil içida erkaklarning örtaça umr köriş davomiyligi 4 yilga, ayollarniki esa 3,2 yilga uzaygan.
Şu bilan birga, ayollar va erkaklar örtasidagi umr köriş davomiyligi farqi ham qisqargan: 2010-yildagi 3,7 yillik tafovut 2025-yilda 2,9 yilni taşkil etgan.




