Toşkent metropolitenida yölovçilar oqimi keskin oşgan. 2026-yil sentyabr–oktyabr oylarida metro xizmatlaridan 61,7 million nafar yölovçi foydalangan. Bu körsatkiç 2025-yilning şu davridagi 51,4 million nafarga nisbatan qariyb 20 foiz köp.
Bugungi kunda poytaxt metropolitenida kuniga 1,2 milliondan ortiq yölovçiga xizmat körsatilmoqda.
«Toşkent metropoliteni» AJ maʼlumotiga köra, ayni paytda vagonlar parkida 55 ta zamonaviy va 30 ta xizmat muddatini ötab bölgan eski harakat tarkibi mavjud. Yangi harakat tarkiblari 1 300 nafargaça yölovçi taşişi mumkin bölsa, eski poyezdlarda bu körsatkiç örtaça 1 000 nafarni taşkil etadi.
Yölovçilar oqimi yuqori bölgan bekatlarga qöşimça zaxira poyezdlari yönaltirilmoqda, yönalişlardagi harakat intervallari esa imkoniyat darajasida qisqartirilgan.
Metropolitenda yölovçilar oqimi yanada ortişi inobatga olinib, 2027–2028-yillarda 28 ta beş vagonli zamonaviy harakat tarkibini xarid qiliş rejalaştirilmoqda. Şuningdek, mavjud zamonaviy poyezdlarga qöşimça vagonlar olib, yana 40 ta harakat tarkibidagi vagonlar sonini beştaga yetkaziş közda tutilgan.
Metropoliten maʼmuriyati yölovçilarga gavjumlikni kamaytiriş uçun poyezdlarning örtadagi 2–3-vagonlaridan ham foydalanişni tavsiya qilmoqda.
Şuningdek, imkoniyat bölganda yölovçilar oqimi nisbatan kam bölgan bekatlardan foydalaniş söralgan. Masalan, kuniga örtaça 60–65 ming kişi foydalanadigan Çilonzor bekati örniga 20–25 ming yölovçiga xizmat körsatadigan Mirzo Uluğbek bekatidan, 35–40 ming yölovçi foydalanadigan Xalqlar döstligi bekati örniga esa kuniga 6–8 ming yölovçi foydalanadigan Milliy boğ bekatidan foydalaniş tavsiya etilgan.
Yölovçilardan poyezdga çiqişda avval tuşayotganlarga yöl beriş, bekat va vagonlarda xavfsizlik qoidalariga rioya qiliş hamda manzilga yaqinlaşganda eşiklar tomon oldindan harakatlaniş söralgan.
«Toşkent metropoliteni» AJning taʼkidlaşiça, yölovçilar oqimining ortişi şaroitida transport xizmatlari sifatini yaxşilaş va harakat xavfsizligini taʼminlaş böyiça işlar davom ettiriladi.




