Jizzax viloyatining Şarof Raşidov tumanida quvvati 550 megavatt bölgan yangi issiqlik elektr stansiyasi Özbekiston yagona elektr energetika tizimiga ulandi. 20-noyabr kuni iş boşlagan stansiya yiliga 4,4 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi işlab çiqariş imkoniyatiga ega.
Energetika vazirligi maʼlumotiga köra, loyihaning umumiy qiymati 500 million dollarni taşkil etadi. Stansiya Turkiyaning Cengiz Enerji kompaniyasi bilan hamkorlikda qurilgan.
Obyekt zamonaviy buğ-gaz qurilmalari, jumladan, Siemens Energy SGT5-4000F gaz turbinalari bilan jihozlangan. Uning foydali iş koeffitsiyenti 60 foizdan yuqori. Vazirlik hisob-kitoblariga köra, stansiya yiliga 500 million kub metrgaça tabiiy gazni tejaş imkonini ham beradi.
Loyiha qurilişi 2023-yil avgust oyida boşlangan. 2023-yil 8-noyabrdagi Prezident qarori bilan uni töğridan-töğri xorijiy investitsiyalar jalb etgan holda amalga oşirişning asosiy şartlari tasdiqlangan.
Kelişuvga muvofiq, Cenergo kompaniyasi stansiyani loyihalaş, moliyalaştiriş, quriş va ekspluatatsiya qiliş uçun masʼul hisoblanadi. «Özenergosotiş» esa işlab çiqarilgan elektr energiyasini 25 yil davomida xarid qiliş majburiyatini olgan.
Loyihani moliyalaştiriş uçun kompaniya DZ BANK va DenizBank AGdan 164,25 million yevro miqdorida uzoq muddatli kredit ham jalb qilgan.
Dastlab stansiyani 2025-yilda işga tuşiriş rejalaştirilgan edi. Biroq muddatlar bir neça bor qayta körib çiqilgan. 2026-yil fevral oyida Jizzax viloyati hokimligi obyektni yil oxiriga qadar töliq foydalanişga topşiriş rejalaştirilganini bildirgan.
Energetika vazirligi yangi stansiya mamlakatning elektr energiyasi işlab çiqariş quvvatlarini oşirişi va isteʼmolçilarni elektr bilan taʼminlaş işonçliligini yaxşilaşini kutmoqda.




