Qorong‘i rejim
Özbekiston

Qiş mavsumi uçun 102 ming tonna benzin zaxirasi şakllantirildi — "Özbekneftgaz"

Akmal Eshonxonov16 ko'rishlar
Qiş mavsumi uçun 102 ming tonna benzin zaxirasi şakllantirildi — "Özbekneftgaz"

"Özbekneftgaz" maʼlumotiga köra, qiş mavsumi uçun Buxoro neftni qayta işlaş zavodi va tizimdagi neft bazalarida 102 ming tonna benzin zaxirasi yaratilgan. Bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 25 ming tonnaga köp.

Hozirda birja savdolariga har kuni 4,6 ming tonna benzin, jumladan, 4,3 ming tonna AI-92 markali yoqilği çiqarilmoqda. Talab oşgan taqdirda bu hajmni kuniga 8 ming tonnaga, zarurat bölsa, 10 ming tonnagaça yetkaziş imkoniyati mavjud.

Buxoro neftni qayta işlaş zavodida sutkasiga örtaça 3,2–3,4 ming tonna benzin işlab çiqarilmoqda. Yil yakunigaça işlab çiqariş hajmini 1,1 million tonnaga yetkaziş rejalaştirilgan. Ehtimoliy taqçillikning oldini oliş maqsadida tayyor benzin importi böyiça ham çoralar körilmoqda.

Kompaniya maʼlumotida taʼkidlanişiça, birjaga çiqarilayotgan benzinning boşlanğiç narxi aprel oyidan buyon özgarmagan — bir tonnasi 14 million söm.

Biroq savdolarda narxning oşişiga xarid faolligi, mavsumiy kutilmalar va ayrim xususiy avtomobillarga yoqilği quyiş şoxobçalarining oldindan köproq zaxira töplaşga intilişi taʼsir qilmoqda.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Qiş mavsumi uçun 102 ming tonna benzin zaxirasi şakllantirildi — "Özbekneftgaz" | Effect.uz