Qorong‘i rejim
Özbekiston

Farğonada tanişining sirlarini oşkor qiliş bilan qörqitib, 20 mln söm talab qilgan ayol uşlandi

Akmal Eshonxonov8 ko'rishlar
Farğonada tanişining sirlarini oşkor qiliş bilan qörqitib, 20 mln söm talab qilgan ayol uşlandi

Farğona viloyatining Toşloq tumanida tanişining şaxsiy maʼlumotlarini yaqin qarindoşlariga tarqatiş bilan qörqitib, undan 20 mln söm talab qilganlikda gumonlanayotgan ayol uşlandi. U talab qilingan pulning 10 mln sömini olayotgan vaqtda qölga olingan.

Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Maʼlum qilinişiça, 2026-yil 4-noyabr kuni fuqaro Toşloq tumani IIB boşliği nomiga ariza bilan murojaat qilgan. Unda tanişi sir saqlanişi lozim bölgan maʼlumotlarni yaqin qarindoşlariga oşkor qiliş va şu orqali şarmanda qiliş bilan qörqitib, 20 mln söm talab qilayotganini bildirgan.

Murojaat asosida tuman IIB tezkor xodimlari tomonidan tadbir ötkazilgan. Unda gumonlanuvçi ayol Toşloq tumanidagi töyxona oldida talab qilingan pulning 10 mln sömini olayotgan vaqtda uşlangan. Mazkur mablağ aşyoviy dalil sifatida olingan.

Holat yuzasidan Toşloq tumani IIB huzuridagi Tergov bölinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamaçilik) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Farğonada tanişining sirlarini oşkor qiliş bilan qörqitib, 20 mln söm talab qilgan ayol uşlandi | Effect.uz