⚠️ DIQQAT: Sayt test rejimida ishlamoqda!⚠️ DIQQAT: Sayt test rejimida ishlamoqda!
O'zbekiston

Samarqand viloyati prokurori sudyaning jinoyatini fosh etgan advokatga qarshi “urush” eʼlon qildi

Administrator3 soat oldin102 ko'rishlar

“Odamlar sudga oxirgi umid sifatida keladi. Agar inson suddan adolat topmasa, davlatga boʻlgan ishonch ham zaiflashad”, Prezident Administratsiyasi rahbari–Saida Mirziyoyeva.

Samarqand viloyati prokuraturasi hamda sud tizimi mansabdorlari qonun ustuvorligini chetga surib, oʻz shaxsiy manfaatlarini ustun qoʻyib, advokatga nisbatan noqonuniy xatti-harakatlarni amalga oshirmoqda. Bu haqda “JUSTICE” advokatlik firmasi advokati Alisher Mamatov Effect.uzʼga maʼlum qildi. Bu haqda “JUSTICE” advokatlik firmasi advokati Alisher Mamatov Effect.uzʼga maʼlum qildi.

Advokatning soʻzlariga koʻra u, Samarqand viloyatidagi sud tergov organlaridagi tizimli soxtakorliklar va sudya O.Allayevning jinoyatlarini fosh etgan.

Yaʼni advokatning qonuniy eʼtirozlari natijasida birinchi instansiya sudi sudyasi O.Allayev tomonidan sud bayonnomasi soxtalashtirilganligi ayon boʻlgan.

Buni Samarqand viloyat sudlari sudyalari malaka hayʼatining Xizmat tekshiruvi xulosasi ham rasman tasdiqlagan. Oqibatda Samarqand viloyat sudi apellyatsiya instansiyasining butun tarkibi ishdan chetlatilgan. Advokat Mamatov ishtirokida sud ishi Samarqand viloyatida emas, balki Jizzax viloyat sudiga oʻtkazilgan.

Shundan soʻng, Samarqand viloyat prokurori Murodqosim Eshnazarov advokat Mamatovga nisbatan “urush” ochgan. Viloyat prokurori oʻz xizmat mavqeini suiisteʼmol qilib, qonuni himoyachisining 2020-yildagi eski fuqarolik ishlarini “kovlab” chiqqan. Tirnoq ichidan kir qidirgan izlaganini topar deganlaridek, viloyat prokurori asossiz vajlar bilan huquqshunos Mamatovga nisbatan Jinoyat Kodeksning 168-moddasi 4-qismi (Firibgarlik (oʻta yirik miqdorda))va 28-moddasi (jinoyatga sherik), 211-moddasi 3-qismi (Pora berish (oʻta yirik miqdorda)) bilan yangi jinoyat ishi qoʻzgʻatgan.

Bu harakatlar Advokat daxlsizligining buzilishiga sabab boʻladi. “Advokatura toʻgʻrisida”gi qonunning 6-moddasi va boshqa qonun hujjatlariga koʻra, advokatni koʻrsatgan yuridik yordami uchun javobgarlikka tortish yoki taʼqib qilish qatʼiyan taqiqlanadi.

Qonun himoyachisining qoʻshimcha qilishicha, Samarqand viloyati tergov organi advokatning oqlovchi dalillari va xizmat tekshiruvi xulosalarini inobatga olmay, faqatgina prokurorning “koʻrsatmasini” bajarishga kirishgan. Bu JPKning 22-moddasidagi (haqiqatni aniqlash) talablarining qoʻpol buzilishiga sabab boʻladi.

Holatning qiziq tomoni shundaki, yurist Mamatovning 6-yil oldingi–2020-yildagi fuqarolik ishlari yuzasidan ayblov, viloyat sudyalarining va prokuratura tizimining jinoiy ishini dalillar asosida fosh qilgandan soʻng qoʻzgʻatilgan. Bu esa Samarqand viloyatining amaldorlariga nisbatan qator shubhali savollarni tugʻdiradi.

Ushbu tizimli taʼqiblar, soxtalashtirish va shaxsiy xusumat vositasiga aylangan prokuratura bosimi ostida qolgan advokat Alisher Mamatov bevosita Prezident Shavkat Mirziyoyevga va Prezident Administratsiyasiga murojaat bilan chiqdi.

Advokat oʻz murojaatida davlat rahbaridan, Samarqand viloyat prokurori tomonidan 2020-yilgi fuqarolik ishi yuzasidan advokatga nisbatan qoʻzgʻatilgan noqonuniy jinoyat ishini zudlik bilan toʻxtatish va bekor qilishni, tergovning xolisligini taʼminlash maqsadida ishni Samarqand viloyatidan olib, Bosh prokuraturaning Oʻta muhim ishlar boʻyicha tergovchilariga oʻtkazishni hamda prokurorining oʻz xizmat vakolatlarini suiisteʼmol qilib, advokatga nisbatan uyushtirgan tizimli taʼqibi yuzasidan Prezident Administratsiyasi nazorati ostida xizmat tekshiruvi tayinlashni soʻramoqda.

Mahalliy mansabdorlar qonunni oʻz shaxsiy tayogʻiga aylantirib olar ekan, davlat rahbari tomonidan olib borilayotgan islohotlar xalq orasida ishonchsizlikka uchrayveradi. Effect.uz voqealar rivojini va Samarqand viloyati prokuraturasi atrofidagi ushbu mashmashali holatni kuzatishda davom etadi.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Samarqand viloyati prokurori sudyaning jinoyatini fosh etgan advokatga qarshi “urush” eʼlon qildi | Effect.uz