Qorong‘i rejim
Özbekiston

«Çorvaçilik sohasi rasvo»: Xayrulla Qiliçev yaylovlar va göşt importi masalasini kötardi

Akmal Eshonxonov61 ko'rishlar
«Çorvaçilik sohasi rasvo»: Xayrulla Qiliçev yaylovlar va göşt importi masalasini kötardi

Göşt narxi, çorvaçilikning kelajagi, yaylovlarning taqsimlanişi va göşt importi. Bu masalalar yuzasidan jamoat faoli Xayrulla Qiliçev keskin fikrlarini bildirdi.

Uning fikriça, çorvaçilik sohasidagi mavjud tizimni qayta körib çiqiş, monopoliyaga qarşi çoralarni kuçaytiriş va mahalliy aholining çorva boqişi uçun yaylovlardan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş zarur.

Qiliçev göşt importi masalasiga ham tanqidiy yondaşib, importga sarflanayotgan mablağlarni içki çorvaçilikni rivojlantirişga yönaltiriş samaraliroq bölişi mumkinligini taʼkidlagan.

«Zudlik bilan sohani qayta isloh qiliş, monopoliyani tugatiş, çorva boqilgan barça yaylovlar, ekin maydonlari atrofidagi böş yerlar xalqqa qaytarilişi kerak», — deydi u.

Faolning asosiy eʼtirozlaridan biri — yaylov yerlaridan mahalliy aholining foydalaniş imkoniyatlari çeklanayotgani haqida.

U Qaşqadaryo, Navoiy, Samarqand va Jizzax viloyatlaridagi daşt va yaylovlarning amaldagi holatini joyiga borib örganiş, ösimlik qoplami, çorva soni va yerdan foydalaniş holatini tahlil qilişni taklif qilgan.

Qiliçev ayrim hududlarda katta maydonlar uzoq muddatga ijaraga berilgani, ammo ulardan mahalliy aholi çorva boqiş uçun foydalana olmayotganini tanqid qilgan.

«Puli yöq, lekin 2 ta sigiri, 10 ta qöyi bor odam çorvasini qayerda ötlatadi?» — deya savol qöyadi u.

Faolning taʼkidlaşiça, yaylovlarni boşqariş tizimida mahalliy aholining manfaatlari ham inobatga olinişi kerak. Uning fikriga köra, aks holda qişloq aholisining tuman va şahar markazlariga köçişi, çorvaçilikning qisqarişi va buning ortidan ijtimoiy muammolar kuçayişi mumkin.

Qiliçev şuningdek, yaylovlarni 49 yilga ijaraga beriş amaliyoti böyiça ham savollar bergan. U yerdan foydalanuvçining özida qança çorva borligi, yerning amalda kim tomonidan işlatilayotgani va mahalliy aholi manfaatlari qay darajada hisobga olinayotganini oçiqlaş zarur, deb hisoblaydi.

«Xullas, soha rasvo. Öylaş va tezlikda yeçim qiliş şart!» — deydi jamoat faoli.

Şu örinda taʼkidlaş kerak: yuqoridagi fikr va daʼvolar Xayrulla Qiliçevning şaxsiy pozitsiyasi. U keltirgan ayrim maʼlumotlar va iddaolarning haqqoniyligi EFFECT.UZ tomonidan mustaqil ravişda tasdiqlanmagan.

Biroq kötarilayotgan masalalar — yaylovlardan foydalaniş, mahalliy aholining çorva boqiş imkoniyatlari, göşt importi va içki çorvaçilikni rivojlantiriş — jamoatçilik muhokamasiga arziydi.

Savol: çorvaçilik siyosatida asosiy eʼtibor yirik yer egalari va importga emas, mahalliy çorvadorning manfaatiga qançalik qaratilmoqda?

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

«Çorvaçilik sohasi rasvo»: Xayrulla Qiliçev yaylovlar va göşt importi masalasini kötardi | Effect.uz