Qorong‘i rejim
Özbekiston

Respublika onkologiya markazida 300 ga yaqin bemor navbat kutayotgani aytilmoqda

Akmal Eshonxonov49 ko'rishlar
Respublika onkologiya markazida 300 ga yaqin bemor navbat kutayotgani aytilmoqda

Onkologik kasallikka çalingan bemorlar uçun vaqt har qaçongidan ham muhim. Biroq Effect.uz tahririyatiga kelib tuşgan murojaatda Respublika ixtisoslaştirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 300 ga yaqin bemor bir neça kundan buyon navbat kutayotgani bildirilgan.

Murojaat mualliflarining aytişiça, tizimdagi nosozliklar hamda suğurta mablağlari bilan boğliq muammolar sababli bemorlar zarur tibbiy xizmatlardan öz vaqtida foydalana olmayapti. Oqibatda ayrim fuqarolar 3–4 kun, boşqalari esa haftalab navbat kutişga majbur bölayotgani aytilmoqda.

Murojaatda bemorlarning bir qismi Toşkent şahrida doimiy yaşaş joyiga ega emasligi, şu bois ular navbatini kutiş davomida ijara kvartiralarida yaşab, qöşimça xarajatlarga duç kelayotgani ham qayd etilgan.

Agar bu maʼlumotlar tasdiqlansa, gap şunçaki navbat yoki taşkiliy muammo haqida emas, balki davolanişga muhtoj bemorlarning tibbiy yordamdan öz vaqtida foydalaniş imkoniyati haqida bormoqda.

Şu munosabat bilan Soğliqni saqlaş vazirligi, Respublika ixtisoslaştirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda tibbiy suğurta tizimi uçun masʼul taşkilotlardan quyidagi savollarga rasmiy izoh berişlarini söraymiz:

- Markazda haqiqatan ham 300 ga yaqin bemor navbat kutayotgani rostmi?

- Navbatlarning uzayişiga axborot tizimidagi nosozliklar sabab bölganmi?

- Suğurta mablağlari bilan boğliq qanday muammo yuzaga kelgan va bu bemorlarning davolanişiga qay darajada taʼsir qilmoqda?

- Bemorlarning kutiş muddatini qisqartiriş va ularga zarur tibbiy xizmatlarni öz vaqtida körsatiş böyiça qanday çoralar körilmoqda?

Tahririyat uşbu masala yuzasidan masʼul taşkilotlarning rasmiy munosabatini eʼlon qilişga tayyor.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Respublika onkologiya markazida 300 ga yaqin bemor navbat kutayotgani aytilmoqda | Effect.uz