Sud hukmiga koʻra, u 9-yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Mazkur mojaroda bloger, tadbirkor sifatida tanilgan “Real Sanjik” nomi ham tilga olingandi.
Oʻsha voqea koʻpchilik tomonidan “shou” sifatida muhokama qilingan boʻlsa-da, aslida bu jamiyatdagi ishonch va huquqiy savodxonlik masalasini ochib bergan ogʻriqli holat edi.
Bugun Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida shunga oʻxshash holat yana qaygʻuli oqibat bilan kun tartibiga chiqmoqda. Maʼlumotlarga koʻra, nishonlik kuyov R.M qaynonasining nomiga “Hayot bank”dan kredit asosida “Monza” avtomashinasini rasmiylashtirgan. Oradan koʻp oʻtmay, u oʻz joniga qasd qilib, hayotdan koʻz yumadi.
Shundan soʻng qarzdorlik keksa qaynona va qaynotaning zimmasiga tushadi. Bank tomonidan avtomashina musodara qilinib, qayta sotuvga chiqarilgan. Biroq mashina sotuvidan tushgan mablagʻ na asosiy qarzni, na hisoblangan foizlarni toʻliq qoplashga yetgan. Hozirda doimiy daromadi yoʻq keksa ota-ona ham qiz uzatib, tashvishga qoldi, ham qarzdorlik yukini koʻtardi.
Effect.uz mazkur holat yuzasidan mutasaddilar va bank rahbariyatidan insoniylik va qonuniylik nuqtayi nazaridan masalaga qayta nazar tashlashni soʻraydi. Chunki, ishonch tuzogʻi navbatdagi qurbonlarga sabab boʻlmasligi kerak.
“Real Sanjik” ishini xotirlab: Oʻz joniga qasd qilgan kuyovning qarzi qiyomatga qolmasin!
Administrator4-mart, 2026, 03:2387 ko'rishlar
Ulashish:
O'xshash yangiliklar

O'zbekiston
Endi zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan bolalar davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega bo‘ladi
20 soat oldin9

O'zbekiston
Farg‘onada BMW haydovchisi yuqori tezlik sabab vafot etdi
14-oktabr, 2026, 17:3538

O'zbekiston
O‘zbekistonda ko‘rshapalakning noyob turi aniqlandi
14-oktabr, 2026, 16:3620

O'zbekiston
Metallurgiya sanoati hajmi 243,6 trln so‘mga yetdi
14-oktabr, 2026, 14:0644