Qorong‘i rejim
Özbekiston

Jarima ballari 12 balldan oşgan haydovçilar 4 ming nafardan köp

Akmal Eshonxonov38 ko'rishlar
Jarima ballari 12 balldan oşgan haydovçilar 4 ming nafardan köp

Özbekistonda jarima ballarini hisoblaş tartibi joriy etilganidan buyon 4 ming nafardan ortiq haydovçi 12 balldan köp jarima balli töplagan. Ular sud qarori bilan transport vositasini boşqariş huquqidan mahrum etilişi mumkin.

Bu haqda 28-noyabr kuni YHXX axborot xizmati xabar berdi.

YHXX axborot xizmati rahbari Zoir Yöldoşevning aytişiça, jarima ballari tizimi joriy etilganidan keyin mamlakatda yöl-transport hodisalari, insonlar ölimi va haydovçilar tomonidan yöl harakati qoidalarini buziş holatlari kamaygan.

Eslatib ötamiz, 2025-yil 1-iyundan YPX xodimlari tomonidan Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 12 ta moddasi asosida rasmiylaştirilgan bayonnomalar böyiça jarima ballari hisoblana boşlagan.

2026-yil 1-apreldan esa qoidabuzarliklarni avtomatik qayd etuvçi qurilmalar orqali aniqlangan tört turdagi qoidabuzarlik — svetoforning taqiqlovçi işorasiga böysunmaslik, töxtaş va töxtab turiş qoidalarini buziş, yölning qarama-qarşi bölagida harakatlaniş hamda tezlikni oşiriş uçun ham jarima ballari hisoblanişi belgilangan.

Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 34¹-moddasiga köra, bir yil davomida 12 ball töplagan haydovçi kamida olti oy muddatga transport vositasini boşqariş huquqidan mahrum qilinadi.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Jarima ballari 12 balldan oşgan haydovçilar 4 ming nafardan köp | Effect.uz