Qorong‘i rejim
Özbekiston

Safarbarlik davrida harbiy xizmatga çaqirilganlarga soliq va kredit imtiyozlari berilişi mumkin

Akmal Eshonxonov8 ko'rishlar
Safarbarlik davrida harbiy xizmatga çaqirilganlarga soliq va kredit imtiyozlari berilişi mumkin

Özbekistonda safarbarlik davrida harbiy xizmatga çaqirilgan fuqarolarning iş joyini saqlab qoliş, ularni ayrim soliq va majburiy tölovlardan ozod etiş hamda kredit tölovlarini keçiktiriş nazarda tutilmoqda.

Bu «Safarbarlik tayyorgarligi va safarbarlik töğrisida»gi qonunda belgilangan. Hujjat Senatning 21-yalpi majlisida maʼqullandi.

Qonun mamlakatni ehtimoliy harbiy tahdidlarga tayyorlaş, Qurolli Kuçlarni zarur resurslar bilan taʼminlaş va favqulodda vaziyatlarda davlat hamda jamiyatning barqaror faoliyatini taʼminlaşning huquqiy asoslarini belgilaydi.

Hujjatga köra, safarbarlik eʼlon qilinganda qonunda belgilangan toifadagi fuqarolar harbiy xizmatga çaqirilişi mumkin. Bunda ularning soğliği, oilaviy şaroiti va qaramoğidagi şaxslar bilan boğliq holatlar inobatga olinadi. Ayrim fuqarolar uçun çaqiruvni keçiktiriş imkoniyati ham nazarda tutilgan.

Şuningdek, harbiy xizmatga çaqirilgan işlovçi fuqarolarning iş joyi saqlanadi. Ular safarbarlik davrida soliqlar va boşqa majburiy tölovlardan ozod etilişi, kredit tölovlari muddatlari esa keçiktirilişi mumkin.

Qonunda zarurat tuğilganda fuqarolar va taşkilotlarning transport vositalari, binolari, inşootlari hamda boşqa mol-mulkidan Qurolli Kuçlar ehtiyojlari uçun foydalaniş imkoniyati ham belgilangan. Bunday mol-mulkni taqdim etiş bilan boğliq xarajatlarni qoplaş tartibini Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.

Bundan taşqari, oziq-ovqat, neft mahsulotlari va boşqa muhim resurslar zaxirasini şakllantiriş, iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarini safarbarlik şaroitida işlaşga tayyorlaş, tibbiy xizmatlar hamda muhim infratuzilmaning barqaror faoliyatini taʼminlaş çoralari közda tutilgan.

Maʼlumot uçun, qonun loyihasi Qonunçilik palatasida 13-may kuni birinçi öqişda qabul qilingan. Senat maʼqullagan hujjat kuçga kirişi uçun keyingi huquqiy rasmiylaştiriş bosqiçlaridan ötişi lozim.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Safarbarlik davrida harbiy xizmatga çaqirilganlarga soliq va kredit imtiyozlari berilişi mumkin | Effect.uz