Senatorlar yöl harakati qoidalarini qöpol buzganlik uçun javobgarlikni kuçaytirişga qaratilgan qonunni maʼqulladi.
Qonun bilan Jinoyat kodeksiga kiritilayotgan özgartişlarga köra, mast holda transport vositasini takroran boşqarganlik uçun bir yildan ikki yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi belgilanmoqda.
Şuningdek, voyaga yetmagan şaxsga transport vositasini boşqarişni topşiriş oqibatida örtaça oğir yoki oğir tan jarohati yetkazilsa, uç yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi qöllanilişi mumkin. Odam ölimi yoki boşqa oğir oqibatlar yuz bergan holatlarda esa uç yildan beş yilgaça qamoq jazosi nazarda tutilmoqda.
Maʼmuriy tartibda esa 50 BHM miqdorida jarima yoki 15 sutkagaça maʼmuriy qamoq jazosi belgilanmoqda.
Qonun bilan tezlikni meʼyordan oşirganlik uçun jarimalar ham kuçaytirilmoqda:
40 km/soatdan ortiq oşirganlik uçun — 25 BHMgaça (11 million söm);
60 km/soatdan ortiq oşirganlik uçun — 45 BHMgaça (19,8 million söm);
80 km/soatdan ortiq oşirganlik uçun — 65 BHM (28,6 million söm).
Bunday qoidabuzarliklar uçun transport vositasini boşqariş huquqidan olti oyga mahrum qiliş ham nazarda tutilgan.




