Yangi Toşkent xalqaro aeroportiga tutaş hududda qiymati 5 milliard dollarlik Aerocity loyihasini amalga oşiriş rejalaştirilmoqda. Unda logistika va elektron tijorat markazlari, savdo majmualari, mehmonxonalar hamda turar joylarni öz içiga olgan yaxlit ekotizim yaratiladi.
Bu haqda Prezident Şavkat Mirziyoyevning transport va logistika sohasidagi investorlar hamda tadbirkorlar bilan uçraşuvida maʼlum qilindi. Unda aviatsiya sohasiga xususiy investitsiyalarni jalb qiliş va bozor iştirokçilari uçun qulay iqtisodiy şaroitlar yaratiş böyiça yangi taşabbuslar ilgari surildi.
Taʼkidlanişiça, sönggi yillarda Özbekistonda 11 ta xalqaro aeroport zamonaviy talablar asosida rekonstruksiya qilingan. Möynoq, Qöqon, Zomin, Arnasoy, Şahrisabz, Sariosiyo va Söxdagi aeroportlar qayta tiklangan. Natijada mamlakatdagi aeroportlar soni 18 taga yetgan.
Urganç, Samarqand, Buxoro va Namangan aeroportlari esa xususiy sektor bilan hamkorlikda investorlar işonçli boşqaruviga berilgan.




