Şavkat Mirziyoyev 27-noyabr kuni Avtomobil yöllari qömitasining yangi ilmiy-amaliy markaziga taşrif buyurib, uning imkoniyatlari va yaratilgan şaroitlarni közdan keçirdi.
Umumiy maydoni 2,7 gektar bölgan majmuada 80 ta doimiy iş örni yaratilgan. Markaz yöl xöjaligida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantiriş, zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş va malakali muhandislar tayyorlaşga xizmat qiladi.
Öquv poligonida avtomobil yöllarining I–V texnik toifalariga oid konstruksiyalar, qoplamalar va boşqa elementlar namoyiş etilgan. Jami 75 turdagi yöl elementi jamlangan.
Markaz maxsus texnika parki, uçta zamonaviy laboratoriya, öquv xonalari va ilmiy kutubxona bilan jihozlangan. Laboratoriyalarda asfalt-beton, sement-beton, inert materiallar va bitum xususiyatlari örganiladi. Hozirda bu yerda 15 nafar olim va 5 nafar izlanuvçi faoliyat olib bormoqda.
Majmuadagi Vaziyat markazi orqali 42,4 ming kilometr avtomobil yölining texnik holatini baholaş, yöl qoplamalarini sunʼiy intellekt yordamida tahlil qiliş, transport vositalari vaznini ölçaş va yöl-quriliş texnikasi harakatini kuzatiş imkoniyati yaratilgan.
Ayni paytda 9 nafar operator A-373 avtomobil yölining Qamçiq dovonidan ötuvçi 100 kilometrlik qismini real vaqt rejimida nazorat qilmoqda.
Prezident markaz imkoniyatlaridan samarali foydalaniş, yöl qurilişi sifatini oşiriş va ilmiy tadqiqotlarni sohaning amaliy ehtiyojlariga yönaltiriş muhimligini taʼkidladi.
Taşrif doirasida avtomobil yöllari sohasida yirik loyihalarni amalga oşirayotgan xorijiy investorlar bilan ham suhbat ötkazildi.




