Mehnat kodeksiga masofadan işlovçi xodimlar bilan mehnat şartnomasini bekor qiliş tartibiga oid özgartirişlar kiritiş rejalaştirilmoqda. Qonun loyihasi jamoatçilik muhokamasiga qöyilgan.
Loyihaga köra, iş beruvçi xodimga işdan böşatiş haqidagi buyruq nusxasini buyurtma xat yoki elektron şaklda yuborişi mumkin. Elektron xabar «Yagona milliy mehnat tizimi»dagi şaxsiy kabinet, rasmiy telefon raqami, elektron poçta yoki şartnomada kelişilgan boşqa dasturlar orqali yetkaziladi.
Xabarda mehnat şartnomasi bekor qilingan sana va asoslar körsatilişi şart.
Şuningdek, işga tiklaş böyiça sudga murojaat qiliş uçun belgilangan uç oylik muddat buyruq nusxasi yoki elektron xabar xodimga yetkazilgan kundan boşlab hisoblanişi taklif etilmoqda.
Qonun loyihasi hozirça muhokama bosqiçida.




