Özbekistonda investorlar, sayyohlar va tadbirkorlarga şaxsiy qöriqçilik xizmatlarini körsatiş rejalaştirilmoqda. Bu haqda 26-noyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyevga qöriqlaş xizmatlari sifati va qamrovini oşiriş böyiça ötkazilgan taqdimotda maʼlum qilindi.
Yangi xizmatlar qatoriga oilaviy va boşqa tadbirlarda jamoat tartibini saqlaş, uçuvçisiz uçiş apparatlari orqali kuzatuv olib boriş hamda mavsumiy faoliyat yurituvçi obyektlarni qöriqlaş ham kiritilmoqda.
Şuningdek, köp kvartirali uylarda domofon va taşviş tugmalarini örnatiş orqali texnik qöriqlaş xizmatini joriy etiş taklif qilingan. Yangi qurilayotgan obyektlarni qöriqlaş vositalari bilan jihozlaş böyiça yagona talablar belgilanişi ham közda tutilmoqda.
Qöriqlaş sohasida xususiy sektor iştirokini kengaytiriş, texnik vositalarni örnatiş va ularga xizmat körsatiş tartibini belgilaş rejalaştirilgan.
Taqdimotda qöriqlaş qurilmalarini mahalliy işlab çiqarişni kengaytiriş masalasi ham körib çiqilgan. Mahalliylaştiriş darajasini 30 foizdan 60 foizga, işlab çiqariş quvvatini esa oyiga 10 mingtadan 30 mingtaga yetkaziş orqali qurilmalar tannarxini 1,7 barobar arzonlaştiriş imkoniyati borligi qayd etilgan.




