Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlarini turizm sohasidagi hamkorlikni kuçaytirib, mintaqani yagona turistik makon sifatida rivojlantirişga çaqirdi. Şuningdek, turizmni barqaror rivojlantiriş böyiça keyingi beş yilga möljallangan global harakatlar rejasini işlab çiqişni taklif qildi.
Bu haqda davlat rahbari 27-noyabr kuni Toşkentda 2027-yil — Xalqaro barqaror va yaşovçan turizm yilining rasmiy oçiliş marosimi iştirokçilariga yöllagan murojaatida maʼlum qildi.
Mirziyoyevning taʼkidlaşiça, mazkur reja BMTning Jahon turizm taşkiloti yetakçiligida davlatlar, xalqaro taşkilotlar va xususiy sektor hamkorligida amalga oşirilişi kerak. Şuningdek, u içki turizmni rivojlantiriş, sohaning inqirozlarga bardoşliligini oşiriş va milliy qadriyatlarni asraş muhimligini qayd etdi.
Prezident keltirgan maʼlumotlarga köra, 2026-yilning dastlabki 10 oyida Özbekistonga 11,6 million nafar sayyoh taşrif buyurgan. Bu 2025-yilning butun yillik körsatkiçiga teng. Turistik xizmatlar eksporti esa 1,5 barobar ösib, 6 milliard dollarga yetgan.
Hozirda mamlakatda 7,6 mingta mehmonxona va boşqa joylaştiriş vositalari faoliyat yuritmoqda. Turizm sohasida 50 dan ortiq xalqaro mehmonxona brendi mavjud. Şuningdek, 54 ta davlat bilan havo qatnovi böyiça kelişuvlarga erişilgan, 33 ta davlatning 102 ta şahriga töğridan-töğri aviaqatnovlar yölga qöyilgan.
Davlat rahbari işbilarmonlik, tibbiyot, gastronomiya, agro va etnoturizmni rivojlantiriş, sayyohlarning mamlakatda qoliş muddatini uzaytiriş hamda tarixiy şaharlardan taşqari hududlarda yangi turistik maskanlar taşkil etiş zarurligini taʼkidladi.
Eslatib ötamiz, BMT Boş Assambleyasi 2024-yilda Özbekiston taşabbusi bilan 2027-yilni Xalqaro barqaror va yaşovçan turizm yili deb eʼlon qilgan. Uşbu taşabbusni 80 dan ortiq davlat qöllab-quvvatlagan.




