Qorong‘i rejim
Özbekiston

«Özbekiston ehtiromi» ordeni taʼsis etiladi

Akmal Eshonxonov26 ko'rishlar
«Özbekiston ehtiromi» ordeni taʼsis etiladi

Senatning yigirma birinçi yalpi majlisida «Özbekiston ehtiromi» ordenini taʼsis etiş töğrisidagi qonun körib çiqilib, senatorlar tomonidan maʼqullandi.

Qonunga muvofiq, ikki darajali — «Oliy darajali Özbekiston ehtiromi» va «Özbekiston ehtiromi» ordenlarini taʼsis etiş belgilanmoqda.

Oliy darajali orden Özbekiston oldida alohida yuksak xizmat körsatgan xorijiy davlat va hukumat rahbarlari, xalqaro taşkilotlar rahbarlari hamda xorijiy davlatlarning taniqli davlat va jamoat arboblariga beriladi.

«Özbekiston ehtiromi» ordeni esa mamlakatimizning xalqaro nufuzini oşiriş, siyosiy, iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirişga munosib hissa qöşgan xorijiy davlat va jamoat arboblari, yirik kompaniyalar rahbarlari, elçilar, xalqaro taşkilotlar vakillari hamda xorijiy fuqarolarga topşiriladi.

Şuningdek, qonunda orden bilan taqdirlaş tartibi, uning nizomi va tavsifi belgilanib, «Davlat mukofotlari töğrisida»gi qonunga tegişli özgartirişlar kiritilmoqda.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

«Özbekiston ehtiromi» ordeni taʼsis etiladi | Effect.uz