Qorong‘i rejim
Özbekiston

Mubaşşir Ahmad işi 3-dekabr kuni kassatsiya tartibida körib çiqiladi

Akmal Eshonxonov26 ko'rishlar
Mubaşşir Ahmad işi 3-dekabr kuni kassatsiya tartibida körib çiqiladi

Taniqli diniy ulamo Mubaşşir Ahmad (Alişer Tursunov) işi 3-dekabr kuni Jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar sudida kassatsiya instansiyasida körib çiqiladi.

Avvalroq, 2026-yil 27-oktyabr kuni Jinoyat işlari böyiça Uçtepa tuman sudiga mazkur iş yuzasidan kassatsiya şikoyati kiritilgan edi. Sud majlisi sudya Otabek Muhammadiyev raisligida ötkaziladi.

Advokat Abdulloh Sodiqning tuşuntirişiça, Jinoyat-protsessual kodeksining 501-moddasiga muvofiq, mahkumning ahvolini yomonlaştiradigan yoki jazoni oğirlaştiradigan protest hukm qonuniy kuçga kirganidan keyin bir yil içida kiritilişi mumkin.

Advokatning aytişiça, jazoni oğirlaştirişni sörab protest kiritilişi ehtimolining oldini oliş maqsadida kassatsiya şikoyati uşbu muddat ötganidan keyin berilgan.

Abdulloh Sodiq sud majlisi oçiq ötkazilişini maʼlum qildi. Biroq ommaviy axborot vositalari vakillarining iştirok etişi masalasi har bir sud majlisida sudlov hayʼati tomonidan alohida hal qilinadi.

Advokat Mubaşşir Ahmadning salomatligi haqida ham maʼlumot berdi. Uning sözlariga köra, ulamoning umumiy ahvoli yomon emas. Biroq buyrak va qandli diabet bilan boğliq muammolar, şuningdek, zax şaroitda kuçayayotgan oyoqlardagi şiş va oğriqlar unga noqulaylik tuğdirmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Mubaşşir Ahmad salomatligi yomonlaşgani sababli «Sangorod»ga ötkazilgani haqida xabar berilgan edi.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Mubaşşir Ahmad işi 3-dekabr kuni kassatsiya tartibida körib çiqiladi | Effect.uz