Özbekistonda attraksionlar muntazam texnik körikdan ötkaziladi, ular operatorlarining fuqarolik javobgarligini majburiy suğurtalaş tizimi joriy etiladi. Bu haqda Hukumatning 25-noyabrdagi 645-son qarorida belgilangan.
Qarorga köra, attraksionlar xavfsizligini taʼminlaş, baxtsiz hodisalarning oldini oliş va fuqarolarning hayoti hamda soğliğiga yetkazilgan zararni qoplaş kafolatlarini kuçaytiriş közda tutilgan.
Jumladan, attraksion operatorlarining fuqarolik javobgarligini majburiy suğurtalaş tizimi joriy etiladi. Şuningdek, attraksionlarning xavfsizlik talablariga muvofiqligini baholaş uçun «Sanoat xavfsizligi» davlat muassasasi akkreditatsiyadan ötkaziladi.
Attraksionlar belgilangan muddatlarda davriy texnik körikdan ötkazilişi şart. Bunday körikdan ötmagan attraksiondan foydalaniş ruxsat beriş talablarini bir marta qöpol ravişda buziş deb baholanadi.
Istirohat boğlari va boşqa köngiloçar maskanlar maʼmuriyati öz hududida faqat tegişli ruxsatnomaga ega va texnik körikdan ötgan attraksionlardan foydalanişga ruxsat berişi mumkin.
Bundan taşqari, attraksionlarni import qiliş, röyxatdan ötkaziş, ulardan foydalaniş uçun ruxsatnoma beriş va texnik holatini nazorat qiliş jarayonlarini raqamlaştiriş belgilangan.
Qaror 26-noyabrdan kuçga kirgan.




