Qurilişi tugallanmagan yoki belgilangan tartibda foydalanişga qabul qilinmagan köp kvartirali uylarga fuqarolarning köçib kirişiga yöl qöygan masʼul şaxslar uç yilgaça ozodlikdan mahrum qilinişi mumkin.
Bu haqda 27-noyabr kuni Senatning 21-yalpi majlisida maʼqullangan qonunda belgilangan.
Yangi tartibga köra, bunday uylarga aholining köçib kirişiga yöl qöygan qurilişga masʼul va mansabdor şaxslarga nisbatan uç yilgaça axloq tuzatiş işlari, ikki yildan uç yilgaça ozodlikni çeklaş yoki ozodlikdan mahrum qiliş jazosi qöllanişi mumkin.
Şuningdek, Şaharsozlik kodeksiga buyurtmaçi va pudratçilar zimmasiga foydalanişga qabul qilinmagan uylarga odamlarning köçib kirişiga yöl qöymaslik çoralarini köriş majburiyati yuklanmoqda.
Senatda keltirilgan maʼlumotlarga köra, sönggi yetti yilda 383 ta köp kvartirali uy şaharsozlik hujjatlari, kommunikatsiya tarmoqlariga ulaniş va röyxatdan ötkaziş talablariga rioya qilinmasdan qurilgan. Uşbu uylardagi 20 mingdan ortiq xonadon fuqarolarga sotilgan. Bundan taşqari, turli qoidabuzarliklar sabab foydalanişga topşirilmagan 136 ta uyda qariyb 8 ming kişi yaşab kelmoqda.
Qonun muhokamasida Byudjet va iqtisodiy masalalar qömitasi raisi örinbosari Qobuljon Tursunov amaldagi tartibda bunday holatlar uçun avval maʼmuriy, takroran sodir etilganda esa jinoiy javobgarlik belgilanganini aytdi. Yangi özgartişlar masʼul şaxslarning javobgarligini aniq belgilaşga qaratilgan.
Senator Malika Xodirxonovaning taʼkidlaşiça, fuqarolardan bu muammo yuzasidan köplab murojaatlar kelib tuşmoqda. Uning aytişiça, 2025-yil 1-maydan uylarni foydalanişga qabul qiliş tartibi soddalaştirilgan bölsa-da, hujjatlarni rasmiylaştiriş çözilib ketgani sabab ayrim fuqarolar tugallanmagan uylarga köçib kirişga majbur bölmoqda.
Vazirlik vakili esa korrupsiyaviy holatlarning oldini oliş maqsadida inson omilisiz işlaydigan elektron platforma joriy etilganini maʼlum qildi. Şuningdek, noqonuniy qurilişlarni aniqlaş va ularga nisbatan çora köriş uçun vazirlik huzurida maxsus departament taşkil etilgan.
Senat raisi Tanzila Norboyeva qurilişi tugallanmagan yoki foydalanişga topşirilmagan uylarda yaşaş fuqarolar hayoti va xavfsizligiga tahdid solişini qayd etdi. Uning sözlariga köra, bunday holatlar Toşkent şahri, Samarqand va Namangan viloyatlarida köproq uçramoqda. Senat raisi uşbu hududlardagi masʼullar va mahalliy kengaşlarni muammoga jiddiy eʼtibor qaratişga çaqirdi.




