«Özbekneftgaz» AJ Xitoyning BGP va INOVA kompaniyalari bilan hamkorlikni kengaytiriş böyiça muzokara ötkazdi.
Jamiyat Boşqaruv raisi birinçi örinbosari S. Hamroyev iştirokida ötkazilgan uçraşuvda qöşma loyihalarning joriy holati, seysmik qidiruv işlarining borişi va kelgusi rejalar muhokama qilindi.

Muloqotda seysmik qidiruv işlarini belgilangan muddatlarda va sifatli yakunlaş, şuningdek, iş hajmlarini yil yakuniga qadar jadallaştiriş zarurligi taʼkidlandi.
Tomonlar geofizik uskunalarni işlab çiqariş va yetkazib beriş masalasini ham muhokama qildi. Uskunalarni kelişilgan muddatlarda va töliq hajmda yetkazib beriş muhimligi qayd etildi.

Uçraşuv yakunida mavjud kelişuvlarni öz vaqtida amalga oşiriş, hamkorlikni yangi yönalişlar hisobiga kengaytiriş hamda soha uçun zamonaviy texnologiyalar va malakali mutaxassislar tayyorlaş borasidagi aloqalarni rivojlantiriş böyiça kelişuvga erişildi.




