O'zbekiston

“Oʻzbekneftegaz”dan 8,8 mlrd soʻm kompensatsiya undirish talabi rad etildi

Administrator1 soat oldin15 ko'rishlar
“Oʻzbekneftegaz”dan 8,8 mlrd soʻm kompensatsiya undirish talabi rad etildi

Qashqadaryo viloyati Ekologiya va iqlim oʻzgarishi bosh boshqarmasi “Oʻzbekneftegaz” AJga qarashli Shoʻrtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasidan 8,8 mlrd soʻm kompensatsiya undirishni talab qilib, Qarshi tumanlararo iqtisodiy sudiga daʼvo kiritgan.

Sud jarayonida “Oʻzbekneftegaz” AJning huquq va qonuniy manfaatlari Biznes-ombudsman tomonidan himoya qilindi.

Sud muhokamasida nazorat qiluvchi organ tekshiruv predmetidan tashqariga chiqqanligi, shuningdek, daʼvoning asosiy qismi boʻyicha hisob-kitoblar yetarli dalillar bilan tasdiqlanmagani koʻrib chiqildi. Sud qonunni buzgan holda olingan dalillardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmasligini ham inobatga oldi.

Biznes-ombudsman tomonidan tekshiruvning qonuniyligi va kompensatsiya hisob-kitoblarining asosliligi yuzasidan bildirilgan vajlar sud muhokamasida koʻrib chiqildi.

Natijada, sud 8,8 mlrd soʻmlik daʼvoning asosiy qismini rad etdi. Hal qiluv qaroriga koʻra, “Oʻzbekneftegaz”dan faqat 676 133 soʻm kompensatsiya toʻlovi undirilishi belgilandi.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

“Oʻzbekneftegaz”dan 8,8 mlrd soʻm kompensatsiya undirish talabi rad etildi | Effect.uz