Qorong‘i rejim
Jamiyat

Özbekistonda «Umra» ziyoratiga noqonuniy yuboriş holatlari aniqlandi

Akmal Eshonxonov6 ko'rishlar
Özbekistonda «Umra» ziyoratiga noqonuniy yuboriş holatlari aniqlandi

Davlat xavfsizlik xizmati va huquqni muhofaza qiluvçi organlar hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirlarda fuqarolarni «Umra» ziyoratiga noqonuniy yuboriş bilan boğliq ikki holat aniqlandi.

Birinçi holat Andijon viloyatining Asaka tumanida qayd etildi. «Umra» ziyoratini taşkil etiş huquqiga ega bölmagan turfirma rahbari uç nafar fuqaroni Saudiya Arabistoniga yuborişni vaʼda qilib, ulardan 3 350 dollar talab qilgan. U pulni olayotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Mazkur şaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Ikkinçi holat Toşkent viloyatining Bekobod tumanida aniqlandi. Xususiy öquv markazi rahbari tört nafar fuqaroni «Umra» ziyoratiga noqonuniy yuboriş evaziga 4 800 dollar talab qilgan. Uning ukasi kelişilgan puldan 2 000 dollarni oldindan olayotgan vaqtida uşlangan.

Uşbu holat yuzasidan ikki şaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

DXX fuqarolarni «Umra» ziyoratini taşkil etiş huquqiga ega bölmagan şaxslarning takliflariga aldanmaslikka va safarni faqat belgilangan tartibda vakolat berilgan taşkilotlar orqali rasmiylaştirişga çaqirdi.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Özbekistonda «Umra» ziyoratiga noqonuniy yuboriş holatlari aniqlandi | Effect.uz