Namangan şahrida yaşovçi fuqaroning xonadonida 3,3 milliard sömdan ortiq qiymatdagi 23 ming 432 dona dori vositasi saqlanayotgani aniqlandi. Maʼlum qilinişiça, dorilar mamlakatga noqonuniy olib kirilgan va ularning sifati kafolatlanmagan.
Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati böyiça boşqarmasi Bojxona qömitasi, Içki işlar vazirligi hamda Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir ötkazgan.
Tadbir davomida Yangi Namangan tumanidagi «Mingterak» mahallasida yaşovçi, 1996-yilda tuğilgan şaxsning xonadoni tekşirilgan. Natijada xorijda işlab çiqarilgan 156 turdagi dori vositalari topilgan.
Ularning dastlabki umumiy qiymati 3,3 milliard sömdan ortiq deb baholangan. Dori vositalari protsessual tartibda olib qöyilib, tarkibi va xususiyatlarini aniqlaş uçun ekspertiza tayinlangan.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.
DXX fuqarolarni şunga öxşaş qonunbuziliş holatlari haqida 1520 qisqa raqami orqali xabar berişga çaqirdi. Idora murojaat qiluvçilarning şaxsiy maʼlumotlari sir saqlanişini kafolatlagan.




