Avvalroq tahririyatimiz Buxoro şahridagi 42-sonli umumiy örta ta’lim maktabi öquvçilarining dam oliş kunida parta va stul taşiyotgani aks etgan videolarni e’lon qilgan edi. Uşbu holat jamoatçilik e’tiroziga sabab böldi. Şundan söng Buxoro viloyati Ta’lim va ilm-fan boşqarmasi voqea yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Boşqarma ma’lumotiga köra, 1958 yilda qurilgan maktab binosining texnik holati keskin yomonlaşgan. Şuningdek, ta’lim muassasasida öquv örinlari yetişmovçiligi mavjud. Buxoro viloyati Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohasida hududiy nazorat qiliş inspektsiyasining 2026 yil 9 noyabrdagi xatida maktab binolari foydalanişga yaroqsiz deb topilgani va ulardan foydalanişni taqiqlaş böyiça tavsiya berilgani qayd etilgan.
Şu munosabat bilan öquv jarayonini 44-sonli maktab hamda Buxoro yuridik kollejining böş turgan binolarida davom ettiriş rejalaştirilgan. Boşqarma jihozlarni köçiriş işlarida texnik xodimlar va ixtiyoriy ravişda yordam berayotgan ota-onalar iştirok etganini, öquvçilar esa jarayonga jalb qilinmaganini ma’lum qilgan.
Biroq tahririyatga ota-onalar tomonidan taqdim etilgan video va fotosuratlarda öquvçilarning parta va stullarni kötarib, taşiyotgani aks etgan. Bu jarayon dars kunida emas, şanba va yakşanba kunlari sodir bölgan. Bir kun oldin, ya’ni şanba kuni ham maktabda töliq stul-partalar taşilgan va yakşanba kuniga ham çaqirilgan. Şanba kuni bolalar uyga kelgaç, ota-onalar nima uçun keç kelganini söraşganida, ular maktabda köçiş işlari bölayotgani, parta-stullar taşilayotganini aytişgan. Ertasi kuni ota-onalar farzandlari haqiqatan ham maktabga bordimi, stul-parta taşiyaptimi yoki boşqa joyga ketdimi deb nazorat qiliş maqsadida borişgan va şu holatga guvoh bölişgan. Şu tariqa, boşqarmaning rasmiy munosabatidagi ma’lumotlar bilan tasvirlarda körinayotgan holat örtasida tafovut yuzaga kelmoqda.

E’tiborlisi, boşqarma öz munosabatida öquvçilarning hayoti va soğliği xavfsizligini ta’minlaş hamda ta’lim jarayoni uzluksizligini saqlaş ustuvor vazifa ekanini alohida ta’kidlagan.
Xöş, agar bolalarning hayoti va soğliği xavfsizligi haqiqatan ham ustuvor bölsa, nega ular oğir maktab jihozlarini taşiş jarayonida iştirok etgan? Maktabda ştatdagi texnik xodimlar böla turib, bunday yumuşlarni öquvçilarga topşirişga nima sabab bölgan? Bu jarayonda bolalarning xavfsizligi qanday ta’minlangan?
Mehnat kodeksida nima deyilgan?
Özbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 5-moddasida majburiy mehnat taqiqlangan. Unda majburiy mehnat şaxsdan jazo qöllaş tahdidi ostida talab etiladigan, u ixtiyoriy ravişda öz xizmatlarini taklif qilmagan har qanday iş yoki xizmat sifatida belgilangan.
Kodeksning 118-moddasiga köra, işga qabul qilişga 16 yoşdan yöl qöyiladi. 15 yoşga tölgan öquvçilar esa faqat öqişdan böş vaqtda, soğliğiga va ta’lim jarayoniga zarar yetkazmaydigan yengil mehnatga ota-onasidan birining yozma roziligi bilan jalb qilinişi mumkin.
Mehnat kodeksining 354-moddasida 18 yoşga tölmagan şaxslarni oğir işlarga, zararli va xavfli mehnat şaroitlaridagi işlarga jalb qiliş taqiqlangan. Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 14 iyuldagi 290-son qarori bilan esa voyaga yetmaganlar mehnatidan foydalaniş taqiqlangan oğir işlar hamda zararli yoki xavfli mehnat şaroitlaridagi işlar röyxati tasdiqlangan. Şuningdek, 18 yoşga tölmagan xodimlarning kötarişi va taşişi mumkin bölgan oğir yuklar böyiça ham alohida meyorlar belgilangan.
42-maktabdagi holatda esa öquvçilarning yoşi, ular kötargan jihozlarning oğirligi, iş jarayonidagi şaroitlar va bolalarning bu yumuşlarga qanday jalb etilgani masalaning huquqiy jihatini belgilaydi.
Hozirça boşqarma öquvçilar iştirok etgani aks etgan tasvirlarga alohida izoh bermagan. Jihozlarni köçiriş işlariga kim mas’ul bölgani va uşbu holat yuzasidan biror xizmat tekşiruvi ötkazilgan-ötkazilmagani ham oçiq qolmoqda.
Bolalarning hayoti va soğliğini asraş nafaqat rasmiy munosabatlarda, balki amaliy jarayonlarda ham töliq ta’minlanişi muhim. Şu bois mas’ul idoralar videolarda aks etgan holat yuzasidan xolisona izoh berib, öquvçilarning dam oliş kunida jihoz taşişga jalb etilgan-etilmaganiga oydinlik kiritişlari hamda holatga qonuniy baho berişlari maqsadga muvofiq.

Şu bilan birga, Ta’lim vaziri Erkinjon Turdimovdan mazkur holat yuzasidan rasmiy munosabat kutib qolamiz va tahririyatimiz nomidan uşbu masala böyiça jurnalistik sörov yuborilişini ma’lum qilamiz.
Muhammad Ali Qozoqov, Effect.uz




