Qorong‘i rejim
Özbekiston

Özbekistonda ommaviy tadbirlarda xavfsizlik xizmatlari pulli bölişi mumkin

Akmal Eshonxonov34 ko'rishlar
Özbekistonda ommaviy tadbirlarda xavfsizlik xizmatlari pulli bölişi mumkin

Yangi tartibga köra, tadbir taşkilotçilari IIV, Milliy gvardiya, FVV va tibbiyot xizmatlari uçun haq tölaşi, odamlar oqimini esa dronlar orqali kuzatiş taklif etilmoqda.

Özbekistonda ommaviy tadbirlar vaqtida jamoat xavfsizligini taʼminlaş xizmatlarini pulli asosda taşkil etiş taklif qilinmoqda. Bu haqda 18-noyabr kuni jamoatçilik muhokamasiga qöyilgan Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasida söz boradi.

Loyihaga köra, içki işlar, Milliy gvardiya, favqulodda vaziyatlar va soğliqni saqlaş organlari tomonidan körsatiladigan xavfsizlik xizmatlari tadbir taşkilotçisi bilan tuziladigan majburiy şartnoma asosida pulli tartibda amalga oşiriladi. Şartnoma ruxsatnoma olingandan keyin, tadbir boşlanişidan kamida 10 iş kuni oldin tuzilişi kerak.

Tölov miqdori ham belgilanmoqda. Loyihada bir kişi-soat qiymati bazaviy hisoblaş miqdorining 7 foizi — hozirda 30 ming 800 söm etib belgilangan. Şartnoma qiymati esa uşbu summaning 50 foizini, yaʼni 15 ming 400 sömni tadbirga jalb qilinadigan xodimlar soni va tadbir davomiyligiga köpaytiriş orqali hisoblanadi.

Prezident, Oliy Majlis palatalari, Prezident administratsiyasi va Hukumat hujjatlari asosida ötkaziladigan ayrim tadbirlar, köçma sirk tomoşalari hamda saylovoldi taşviqoti tadbirlari uçun tölov undirilmaydi.

Loyihada xavfsizlikni nazorat qilişning raqamli mexanizmlarini joriy etiş ham nazarda tutilgan. Jumladan, iştirokçilar oqimini uzluksiz kuzatiş, ular sonini hisoblaş va odamlar töplanişi bilan boğliq xavflarni barvaqt aniqlaş uçun dronlardan foydalaniş taklif etilmoqda.

Şuningdek, ommaviy tadbirlar qoidalarini buzgan şaxslarning tadbirlarga kirişini sud qarori bilan vaqtinça çeklaş mumkin böladi. 2027-yildan boşlab Içki işlar vazirligi «Xavfsiz şahar» platformasiga integratsiyalaşgan e-ommaviy tadbir moduli orqali bunday şaxslarning elektron hisobini yuritişi rejalaştirilgan.

Çiptalarning belgilangan narxdan qimmat qayta sotilişi, qalbakilaştirilişi va korrupsiyaning oldini oliş maqsadida madaniy, köngiloçar-tomoşa hamda sport tadbirlariga çiptalarni faqat elektron şaklda sotiş taklif qilinmoqda. Oçiq maydon va sayilgohlardagi tadbirlar bundan mustasno.

Taşkilotçilarga ruxsatnoma olmasdan turib tadbir haqida OAV va internetda eʼlon beriş, reklama tarqatiş hamda çipta sotiş taqiqlanişi mumkin.

Bundan taşqari, reklama yoki aksiya bahonasida oziq-ovqat va buyumlarni bepul tarqatiş yoki haddan taşqari arzon narxda sotiş orqali odamlarni tadbirga jalb qilişga yöl qöyilmasligi belgilanmoqda.

Yangi qoidalarga muvofiq, 100 va undan ortiq kişi iştirok etadigan tadbirlar ommaviy tadbir hisoblanadi. Miting va namoyişlar, şuningdek, töy va oilaviy marosimlar bundan mustasno.

Doimiy örindiqlari bölmagan oçiq maydonlarda iştirokçilar soni har bir kvadrat metr foydali maydonga köpi bilan bir kişi mezoni asosida hisoblanadi.

Şuningdek, tadbir ötkaziladigan obyektning özida va undan 500 metr radiusda tadbir boşlanişidan kamida ikki soat oldin hamda tadbir davomida alkogol mahsulotlari savdosini töxtatiş taklif etilmoqda.

Qayd etiş kerak, hozirça bu talablar Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasida keltirilgan. Ularning kuçga kirişi uçun hujjat belgilangan tartibda qabul qilinişi lozim.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Özbekistonda ommaviy tadbirlarda xavfsizlik xizmatlari pulli bölişi mumkin | Effect.uz