Tez surʼatlarda rivojlanayotgan tadbirkorlik subyektlarini yiriklaştiriş va qöllab-quvvatlaş dasturi amalga oşiriladi. Buning uçun korxonalarning yillik aylanmasi va yaratgan iş örinlari asosiy mezon sifatida belgilangan.
Qonunçilikka köra, Özbekistonda kiçik va örta biznes subyektlarini «çempion» tadbirkorlarga aylantiriş dasturi amalga oşiriladi. Uning doirasida kamida 600 ta tadbirkorlik subyektini yiriklaştiriş maqsad qilingan.
Tadbirkorlar faoliyat kölamiga qarab uç darajaga ajratiladi.
Jumladan, tuman va şahar darajasida har bir hududdan kamida ikkitadan tadbirkorlik subyekti tanlanadi. Buning uçun korxonaning yillik aylanmasi 10 milliard sömdan yuqori, yaratgan iş örinlari esa 50 tadan ortiq bölişi kerak.
Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahri darajasida har bir hududdan kamida beştadan korxona saralanadi. Ularning yillik aylanmasi 100 milliard sömdan, iş örinlari soni esa 500 tadan ortiq bölişi talab etiladi.
Respublika darajasidagi «çempion» tadbirkorlar uçun esa yillik aylanma 1 trillion sömdan yuqori va yaratilgan iş örinlari 5 mingtadan ortiq bölişi belgilangan.
Tadbirkorlik subyektlari röyxati Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qömitasi, Markaziy bank hamda Savdo-sanoat palatasi tomonidan hududiy hokimliklar bilan birgalikda şakllantiriladi.
Şuningdek, tanlangan korxonalarni moliyaviy qöllab-quvvatlaş mexanizmlarini işlab çiqiş ham nazarda tutilgan. Bu jarayonda davlat uluşi 50 foizdan yuqori bölgan tijorat banklari, «Tadbirkorlikni rivojlantiriş kompaniyasi» AJ va «UzVC» milliy vençur fondi iştirok etadi.




