O'zbekiston

O‘zbekiston va Koreya gidroenergetika sohasida hamkorlikni kengaytirmoqda

Administrator3 soat oldin5 ko'rishlar
O‘zbekiston va Koreya gidroenergetika sohasida hamkorlikni kengaytirmoqda

So‘nggi yillarda amalga oshirilgan strategik islohotlar va yirik investitsiya loyihalari natijasida mamlakatimizda GESlar soni 36 tadan 106 taga, umumiy quvvat esa 2,5 GVtga yetkazildi. Kichik va mikro GESlar tarmog‘ini kengaytirish hamda ilg‘or yechimlarni joriy etishda xalqaro tajribadan samarali foydalanilmoqda.

Xizmat safari davomida delegatsiya a'zolari past bosimli suv oqimlaridan unumli foydalanishga mo‘ljallangan innovatsion gidroagregatlarni loyihalash, ishlab chiqarish va sinovdan o‘tkazish jarayonlarini o‘rgandilar. Koreya tajribasining muhim afzalligi shundaki, uskunalar ishlab chiqarish bosqichidayoq to‘liq sinovdan o‘tkaziladi va texnik ko‘rsatkichlari nazorat qilinadi. Bu yondashuv O‘zbekistonda gidroenergetika jihozlarini ishlab chiqarish va mahalliylashtirishda muhim amaliy ahamiyatga ega.

Shuningdek, vakillar Geum River daryosida joylashgan Baekjebo gidrotexnik majmuasi faoliyati bilan tanishdilar. 2011-yilda foydalanishga topshirilgan ushbu ob'ektda umumiy quvvati 2,64 MVt bo‘lgan 4 ta gidroagregat muvaffaqiyatli ishlamoqda.

Ma’lumot uchun, 1982-yilda tashkil etilgan Kumsung E&C Co., LTD. kompaniyasi kichik va mikro GESlar jihozlari, suv ta’minoti hamda sug‘orish tizimlari uchun avtomatik zatvorlar, nasos stansiyalari va maxsus metall konstruksiyalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

O‘zbekiston va Koreya gidroenergetika sohasida hamkorlikni kengaytirmoqda | Effect.uz