Ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolarning şaxsiy maʼlumotlari tarqalgani haqidagi xabarlar ortidan Içki işlar vazirligi tekşiruv boşlanganini maʼlum qildi. Gap avval «Safe Road» nomi bilan faoliyat yuritgan SAFE Service platformasiga aloqador maʼlumotlar haqida bormoqda.
Içki işlar vazirligi maʼlumotiga köra, ijtimoiy tarmoqlarda «AUTODOC» MÇJ tomonidan işlab çiqilgan va operatorligi amalga oşiriladigan SAFE Service platformasiga aloqador şaxsga doir maʼlumotlar oşkor bölgani haqida xabarlar tarqalmoqda.
Ayni paytda uşbu xabarlarning haqqoniyligi, maʼlumotlar qaysi manbadan kelib çiqqani va qanday tarqalgani örganilmoqda.
Tekşiruv işlari Davlat xavfsizlik xizmati huzuridagi «Kiberxavfsizlik markazi» davlat muassasasi, Içki işlar vazirligi va «AUTODOC» MÇJ masʼullari hamkorligida olib borilmoqda.
Şuningdek, SAFE Service hamda boşqa tegişli axborot tizimlari va elektron platformalarda şaxsga doir maʼlumotlarning çiqib ketişi bilan boğliq holatlar bor-yöqligi aniqlanmoqda.
IIV maʼlum qilişiça, örganişlar yakunlari böyiça aniqlangan holatlar yuzasidan qöşimça rasmiy axborot beriladi. Agar tarqalayotgan xabarlar tasdiqlanmasa, ularning kelib çiqiş sabablari va manbalari ham maʼlum qilinadi.




