Farğonada 100 nafardan ortiq bolaning ommaviy zaharlanişi bilan boğliq jinoyat işi böyiça sud hukmiga rasmiy izoh berildi. Sudlanuvçilar aybli deb topilib, ularga tegişli jazolar tayinlangan.
Jinoyat işlari böyiça Furqat tuman sudida körib çiqilgan iş böyiça «Garden catering trade» MÇJ rahbari, texnologi, direktori va hisobçisi 2026-yil 21-sentyabrdagi hukm bilan aybli deb topilgan.
Sud jazo tayinlaşda ularning qilmişidan çin köngildan puşaymonligi, muqaddam sudlanmagani, jabrlanuvçilarga yetkazilgan zarar töliq qoplangani hamda jabrlanuvçilarning qonuniy vakillari tomonidan daʼvolar mavjud emasligi bildirilganini inobatga olgan.
Şuningdek, sudlanuvçilar tadbirkorlik subyekti hisoblangani sababli ularga muayyan huquqdan mahrum qiliş jazosi tayinlanmagan.
Ayni paytda sud hukmi ustidan şikoyat kelib tuşmagan. Biroq norozi taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Farğona viloyat sudiga apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida şikoyat, şuningdek, protest keltiriş huquqiga ega.
Sudning rasmiy izohida sudlanuvçilarga tayinlangan jazoning aniq turi va muddati keltirilmagan.




